Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Jahon futbolida yana bir janjal: Ekvador osmonida qora bulutlar yoxud Chili yoki Italiya Mundialda qatnashishi mumkin. Qanday?

Jahon futbolida yana bir janjal: Ekvador osmonida qora bulutlar yoxud Chili yoki Italiya Mundialda qatnashishi mumkin. Qanday?

Baho:
+ | -

Jahon futbolida yana bir janjal avj oldi – yaqin orada Ekvador terma jamoasi 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdan chetlashtirilishi mumkin. Buni Chili futbol federasiyasi talab qildi. TV Azteca nashri xabariga ko‘ra, Chili terma jamoasining advokati Eduardo Karlesso ekvadorlik himoyachi Bayron Kastilyo kolumbiyalik ekanligi va Ekvador terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega emasligi haqida dalillar keltirgan.

Karlessoning ta’kidlashicha, Bayron sertifikatda ko‘rsatilganidek, 1998-yil 10-noyabrda Ekvadorda tug‘ilmagan va hujjatda kerakli barmoq izlari yo‘qligini ta’kidlagan. Chililik advokatning aytishicha, Kastilyoning ota-onasi Kolumbiyaning Tumako shahrida turmush qurishgan va Bayron o‘sha joyda tug‘ilgan. Shu bilan birga, Kolumbiya hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, futbolchi Ekvador pasportida ko‘rsatganidan uch yoshga katta. Endi mahalliy federasiya hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanmoqda.

FIFAga kelsak, tashkilot bir oy avval futbolchining hujjatlaridagi ehtimoliy firibgarlik yuzasidan tekshiruv boshlagan. AP nashrining yozishicha, FIFA 10-iyun, juma kuni Chili va Ekvador terma jamoalari ishi bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, ekvadorliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri turnirning final bosqichiga chiqishdi va Qatar, Senegal va Niderlandiya terma jamoalari bilan "A" guruhidan joy olishdi. Bugun biz Ekvador terma jamoasining vaziyati haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

Bayron Kastilyo kim?

Darhaqiqat, uning tarjimai holida hamma narsa unchalik toza emas. 2017 yilda ham Kastilyo soxta hujjatlar tufayli allaqachon gumon ostida qolgan edi. Keyin esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida nomuvofiqliklar bo‘lgani uchun Ekvador U-20 terma jamoasidan chetlatilgan. Oradan ikki yil o‘tib Ekvador futbol federasiyasining tergov komissiyasi raisi Xayme Jara Kastilyo haqiqatan ham soxta hujjatlar bilan o‘ynaganini aytdi. Aslida u Ekvadorning Playas shahrida emas, Kolumbiyaning Tumako shahrida tug‘ilgan.

Biroq, Bayron mo‘’jizaviy tarzda jazodan qutulib qoldi. U sudda fuqaroning shaxsiga taalluqli har qanday hujjatlar bilan tanishishni talab qilish huquqidan foydalangan. 2021 yilda sud uni ekvadorlik deb tan oldi va Kastilyo yana terma jamoaga chaqirildi. 2022 yilgi jahon chempionati uchun so‘nggi saralashda u 8 ta o‘yinda ishtirok etdi, jumladan, Chiliga qarshi ikkita o‘yinda Ekvador 4 ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Kastilyo hozirda Ekvadorning "Barselona" klubida o‘ng qanot himoyachisi sifatida o‘ynaydi. Ammo bu safar uning jazodan qutulib qolishi dargumon. Har holda, qalbakilashtirish mojarosi Ekvador terma jamoasi futbolchisining obro‘siga katta putur yetkazadi.

Ekvador o‘rniga Jahon chempionatiga qaysi jamoa borishi mumkin?

Agar FIFA qattiq chora qo‘llab, Chili da’vosi ijobiy yakunlansa, u holda Ekvador futbolchi ishtirok etgan JCH-2022 saralashining barcha o‘yinlarida (18 ta o‘yindan 8 tasi) texnik mag‘lubiyatga uchraydi. Bunda Chili terma jamoasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tariladi, ya’ni ular Ekvador o‘rniga jahon chempionatiga boradi.

Yana bir variant borki, bunda Ekvador jahon chempionati tanlovidan butunlay chetlashtiriladi. Keyin Peru terma jamoasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qatarga yo‘l oladi, Kolumbiya esa Avstraliya bilan birgalikda o‘ynashga majbur bo‘ladi.

Ayni paytda, Italiya matbuoti bundan ham boshqacha taxminlarni bildirishmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Ekvador termasining o‘rni jahon reytingida jahon chempionatiga chiqa olmagan jamoalar orasida eng yaxshi o‘rinni egallagan termaga berilishi va bunga Italiya loyiq ko‘rilishi aytilmoqda. Keling, voqealar qanday rivojlanishini kutamiz.

Kiritildi: 23:29, 09.06.2022.
O'qildi: 6765 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.