Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Vinisius — eng zo‘ri. Gavi ham undan qolishmayapti: narxi fantastik darаjada ko‘tarilgan futbolchilar

Vinisius — eng zo‘ri. Gavi ham undan qolishmayapti: narxi fantastik darаjada ko‘tarilgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Vinisius endi aniq yulduz! Xoland bu ro‘yxatga ham kirmadi.

Yevropada 2021/2022 yilgi futbol mavsumi hamma uchun har xil kechdi: kimdir faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatdi, kimdir esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mavsum yakunlangandan keyin esa transfermarkt portali futbolchilarning yangi narxlarini ma’lum qildi. Shu sabab, bugun biz narxida o‘sish kuzatilgan futbolchilar haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.  

"Real" va "Barsa"ning yosh futbolchilarida katta o‘sish kuzatildi

Eng qimmat futbolchilarning ro‘yxatining yuqorisidan Ispaniyaning asosiy gigant klublarining yosh yulduzlari joy oldi. Keling, Vinisius Juniordan boshlaylik. Bir yil oldin, braziliyalik vinger 40 million yevroga baholangan edi. O‘shandan beri Vini Karim Benzema bilan ajoyib tandem hosil qilib, “qotil” hujumchilar juftligiga aylandi. La Ligada 17+9 va Chempionlar Ligasida 4+6 — bu futbolchining statistikasi. U har ikki musobaqada ham "Real Madrid" bilan kubokni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Vinisius "Liverpul"ga qarshi YECHL finali doirasidagi o‘yinda yagona gol muallifiga aylandi. Yangilangan narxlarda 21 yoshli futbolchi 100 million yevroga baholanmoqda.

“Barselona” futbolchisi Gavi ham 60 million yevroga qimmatlashdi va bu umuman hayratlanarli holat. 17 yoshli yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" tarkibiga o‘tgan mavsumda qo‘shilgan va top darajadagi futbolchi ekanligini isbotlagan edi. Ispan barcha musobaqalar doirasida 47 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va beshta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Bir yil oldin siz bu bola haqida hech narsa bilmas edingiz, hozir esa u Leo Messidan ham qimmatroq.

Yana kimlarning narxida ko‘tarilish bo‘ldi? Kuchli 10talikdan narxi 4,5 ming foizga oshgan futbolchi bor

Dushan Vlaxovich mavsumning birinchi yarmida yulduzga aylandi. Shundan keyin 80 million yevro evaziga "Yuventus"ga o‘tdi. Hozirda serbiyalik to‘purar 85 million yevroga baholanmoqda. Hujumchi Rafael Leau “Milan” to‘purari bo‘ldi va uning narxi 70 million yevroga ko‘tarildi. "Monako" yarim himoyachisida ham dahshatli o‘sish bor. Orelyen Tchuamenining bozor qiymati bir yil avval 30 million yevro bo‘lgan, hozir esa ikki baravar qimmat. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fransuz klubi futbolchisi "Real"ga 100 million yevrodan ko‘proq summa evaziga ko‘chib o‘tadi. 

Yana bir fransuz klubi "Reyms" hujumchisi Ugo Ekitikeda ham ajoyib raqamlarni ko‘rish mumkin. Liga 1ning so‘nggi mavsumida bu yigit 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘yishni uddaladi. Natijada, o‘tgan yili 600 ming yevroga baholangan futbolchining narxi hozirda 28 million yevroni tashkil qiladi. Uning narxi 4,5 ming foizga ko‘tarildi - shunchaki dahshatli raqamlar!

Narxida dahshatli darajada qimmatlashgan 20 nafar futbolchisining to‘liq ro‘yxati:

Erling Xoland bu ro‘yxatga kirmadi. Sababi, u so‘nggi oylarda 20 million yevro qimmatlashdi va norvegiyalikning hozirgi narxi 150 million yevroni tashkil qiladi.

  1. Vinisius Junior (“Real Madrid”) – € 100 mln (60 million yevroga qimmatlashgan)
  2. Gavi (“Barselona”) — € 60 mln (+ € 60 mln)
  3. Dushan Vlaxovich (“Yuventus”) — € 85 mln (+ € 45 mln)
  4. Rafael Leau (“Milan”) — € 70 mln (+ € 45 mln)
  5. Darvin Nunyes (“Benfika”) — € 55 mln (+ € 35 mln)
  6. Arno Danjuma (“Vilyarreal”) — € 50 mln (+ € 35 mln)
  7. Orelyen Tchuameni (“Monako”) — € 60 mln (+ € 30 mln)
  8. Mateus Nunes (“Sporting”) — € 35 mln (+ € 30 mln)
  9. Ugo Ekitike (“Reyms”) — € 28 mln (+ € 27,4 mln)
  10. Luis Dias (“Liverpul”) — € 45 mln (+ € 27 mln)
  11. Florian Virs (“Bayer”) — € 70 mln (+ € 25 mln)
  12. Rodrigo (“Real”) — € 60 mln (+ € 25 mln)
  13. Ronald Arauxo (“Barselona”) — € 50 mln (+ € 25 mln)
  14. Yeremi Pino (“Vilyarreal”) — € 40 mln (+ € 25 mln)
  15. Karim Adeyemi (“Zalsburg”) — € 35 mln (+ € 25 mln)
  16. Bremer (“Torino”) — € 35 mln (+ € 25 mln)
  17. Valentino Livramento (“Sautgempton”) — € 25 mln (+ € 25 mln)
  18. Sandro Tonali (“Milan”) — € 50 mln (+ € 23 mln)
  19. Vitinya (“Portu”) — € 30 mln (+ € 23 mln)
  20. Kristofer Nkunku (“RB Leypsig”) — € 65 mln (+ € 22 mln)

 

Manba: Championat.com
Kiritildi: 00:27, 10.06.2022.
O'qildi: 5525 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.