Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Kapadze: "Musobaqada kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Bundan buyog‘iga yanada qiyin va jiddiy raqiblar kutib turibdi"

Kapadze: "Musobaqada kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Bundan buyog‘iga yanada qiyin va jiddiy raqiblar kutib turibdi"

Baho:
+ | -

Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining chorak final uchrashuvlariga start beriladi. Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, Iroq U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Timur Kapadze:
– Har bir o‘yin o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi. Jiddiy raqiblar bilan o‘ynadik. Asosiysi, biz birinchi o‘rin bilan keyingi bosqich masalasini hal qildik. Musobaqada kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Bundan buyog‘iga yanada qiyin va jiddiy raqiblar kutib turibdi.

Biz uchun ertangi o‘yin muhim. Koreya yoki Yaponiyaning qanday kuchga ega ekanini bilamiz. Bizning jamoamiz ham o‘ziga yarasha kuchli. Ammo ta’kidlaganimdek, bizning hozirgi e’tiborimiz Iroqqa qarshi bahsga qaratilgan.

Iroqqa qarshi o‘yin haqida

– Bu jamoaning kattalari va yoshlari doimo kuchli o‘yin namoyish etib kelgan. Ularning bahsini kuzatib chiqdik. Ancha jiddiy raqib ekani bilinib turibdi. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.

Pley-off o‘yinlari haqida

– Bu borada bolalarda yaxshi tayyorgarlik bor. Ertaga bahs taqdiri ekstra taymlarga ham cho‘zilishi mumkin. Ular ham ruhiy, ham jismoniy tomondan ertangi uchrashuvga tayyor.

Jasurbek Jaloliddinov:

– Murabbiyimiz aytganidek, bu yerda oson raqib bo‘lmaydi. Iroq ham kuchli jamoa. Shunga yarasha biz ham munosib tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Yarim finalga yo‘l olish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Bosim haqida

Bizda hozir katta bosim yo‘q. Muxlislarimizga faqat g‘alaba kerak. Ularning kayfiyati bizning o‘yinimizga bog‘liq. Har bir g‘alabamizda ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilyapmiz. Chorak finalga chiqib, birdan final haqida o‘ylaydigan payt emas. Bu vaziyatda konsentrasiyani yo‘qotib, mag‘lubiyatga uchrash hech gap emas. Shu bois hozir final haqida o‘ylashga erta.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:25, 10.06.2022.
O'qildi: 2508 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик