Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

La-liga. Ispaniya chempionatining fantastik futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

La-liga. Ispaniya chempionatining fantastik futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

Baho:
+ | -

La-liganing darajasi ham so‘nggi yillarda sezilarli o‘sishga erishdi. Ortda qolgan mavsumda bunga yana bir bor guvoh bo‘ldik. Ha, mavsum so‘ngida chempionlikni «Real Madrid» qo‘lga kiritdi. Ammo La-liganing joriy mavsumi ko‘plab voqealar bilan eslanadigan bo‘ldi. Quyida mavsumning eng ajoyib o‘yinchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.

1. Darvozabon – Kurtua, «Real»

Tibo Kurtua bu mavsumda jamoasini chempion qilishda faol ishtirok etdi. Uning qutqaruvchiligisiz zafar quchishning iloji yo‘q edi. Kurtua o‘z o‘yini bilan nafaqat Ispaniyada, balki Yevropada tengsiz deb topildi. U endilikda dunyoning eng yaxshi darvozaboni nomiga ham da’vo qila boshladi.

2. Himoyachi – Kunde, «Sevilya»

2021-2022 yilgi mavsumda ham dunyoning eng yaxshi yosh himoyachisi bo‘lgan Jyul Kunde o‘sishga erishdi. Uning mohirona harakatlari sabab «Sevilya» YECHLga yo‘llanma oldi. Mavsum avvalida esa chempionlik poygasida ham yetakchilik qildi. Kundening «Chelsi»ga ketishi jamoa va La-liga uchun katta yo‘qotish bo‘ladi.

3. Himoyachi – Militao, «Real»

David Alaba hamda Eder Militao mavsumni kuchli o‘tkazdi. Ammo braziliyalik futbolchi sherigining soyasida qolib ketdi. U aslida ko‘proq o‘yinda ishtirok etgandi. Militao 4 ta golda bevosita ishtirok etgan. Bu natija markaziy himoyachi uchun yomon emas.

4. Himoyachi – Karlos, «Sevilya»

Diyego Karlos mavsum yakunlanishi bilan «Aston Villa»ga yo‘l olgandi. Aytish mumkinki, bu ko‘chish har ikki tomon uchun eng yaxshi yechim bo‘la oldi. U o‘z sherigi Kunde bilan Yevropadagi eng yaxshi mudofaani tashkil etdi. Karlosning himoyadan hujumga to‘pni yetkazib berishi, «Sevilya» uchun muhim faktor edi.

5. O‘ng qanotda – Dembele, «Barselona»

To‘g‘ri tan olamiz, bu biroz g‘alati ko‘rinadi. Chunki Usmon qanot himoyachisi emas. Ammo uni ramziy terma jamoaning qayerigadir moslashimiz kerak edi. Ta’kidlash joizki, Dembele mavsum tugashi arafasida bizga nima uchun «Barselona»da o‘ynayotganini ko‘rsatib qo‘ydi. U mavsumni 15 ta o‘yinda 13 ta assist bilan yakunlay oldi.

6. Yarim himoyachi – Kazemiro, «Real»

Yana bir bor Kazemiro mavsum terma jamoasiga kirdi. Chunki u o‘z vazifasini a’lo darajada bajardi. Braziliya terma jamoasi a’zosi jamoasiga katta yordam berdi va titullar yutishda muhim rol bajardi. Uni bu yerga qo‘yish esa adolatdan bo‘ladi.

7. Yarim himoyachi – Parexo, «Vilyarreal»

Dani Parexo nima uchun sotib olinganini bir mavsumda anglab yetdik. Kreativ futbolchi mavsumni 10 ta assist bilan tugatdi. Bu natija esa La-ligada 3 o‘rinda turadi.

8. Chap qanotda –Alba, «Barselona»

Jordi Alba o‘z darajasida davom etayotgan edi. Biroq, sobiq jamoadoshi «Barselona»ni bosh murabbiyi etib tayinlangach, futbolchining darajasi ham bir pog‘ona yuqoriladi. Alba jamoasiga doim yordamga tayyor edi. Ligada hech bir futbolchi o‘tgan mavsum davomida Albadan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatli paslarni ijro etmagan.

9. O‘ng qanot hujumchisi – Aspas, «Selta»

Har mavsumda Aspasdan bizni qoyil qoldiradigan nimadir kutamiz. U esa aynan o‘sha umidlarimizni reallikka aylantiradi. 2021-22 yilda hujumchi o‘rtamiyona jamoada 18 ta gol urishga erishdi. Uning hisobida esa 6 ta assist bor edi.

10. Chap qanot hujumchisi – Vinisius, «Real»

Bu mavsum Vini hayotida umidli yosh futbolchidan superyulduz darajasiga ko‘tarilish davri bo‘ldi. 21 yoshli braziliyalik jami 27 ta golda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi. Ispaniya va Yevropa chempionligi uning yordamlarisiz qo‘lga kiritilmagan bo‘lardi.

11. Markaziy hujumda – Benzema, «Real»

Karim Benzema haqida ortiqcha gapirishni hojati yo‘q. Lekin bir narsani bilib olishimiz kerak – Karim sabab «Real» jamoa sifatida mukammallikka erishib turibdi. 27 ta gol hamda 12 ta assist muallifi o‘zining «Oltin to‘p»ini kutmoqda. U shunga loyiq.

 


ISMATOV J.

Manba: futaa.com
Kiritildi: 16:00, 10.06.2022.
O'qildi: 2231 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.