Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Bahodir Jalolov: «O‘zimga qolsa esa hoziroq chempionlik jangini o‘tkazishga tayyorman»

Bahodir Jalolov: «O‘zimga qolsa esa hoziroq chempionlik jangini o‘tkazishga tayyorman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempioni Bahodir Jalolov ertaga navbatdagi professional ringda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga belgiyalik Jek Mulovayi raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv AQSHning Nyu-York shtatidagi Verona shaharchasida o‘tkaziladigan professional boks kechasining markaziy jangi etib belgilangan. Jalolov mazkur jang arafasida "Boxing Social" nashriga intervyu berdi.

"Otam erkin uslubdagi kurashchi bo‘lgan. Men esa yoshligimda faqat futbol o‘ynaganman. 11 yoshga to‘lganimda otam meni sport maktabiga olib borishini aytdi. Shu tariqa, men bu maktabda qolganman. Otam menga bu maktabda boks guruhiga berib, keyinchalik futbol maktabiga berishni aytgandi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, dadam meni aldagan ekan. Boisi, bu maktabda futbol guruhlari yo‘q edi. U mening bokschi bo‘lishimni istagandi. U futbolni unchalik yoqtirmasdi.

Dastlabki bir necha oy ichida boks bilan shug‘ullanish menga yoqmagan. Keyin esa bu sport turini o‘zlashtira boshladim.

Men vaziyatga real qaraydigan insonman. Professional boksga o‘tganimdan keyin menga osonroq bo‘ldi. Boisi, dastlabki janglardagi raqiblarimnnig saviyasi u qadar yuqori emasdi. Havaskor boksda esa kuchli bokschilarga qarshi jang qilganman. Jek Mulovayi — yaxshi bokschi. Men uni hurmat qilaman.

Hech bir raqibimga nisbatan past nazar bilan qaramaganman. Og‘ir vaznda birgina zarba hamma narsani hal qilishi mumkin.

Barcha narsa tajriba orqali keladi. Olimpiada ilk marta ishtirok etganimda (Rio-2016) yosh edim. Bu menga dastlabki katta tajriba bo‘lgan. Shundan keyin Osiyo va jahon chempionligini qo‘lga kiritdim. Har bir musobaqa menga katta tajribalar va ishonchni berdi.

Olimpiada chempionligini qo‘lga kiritish — mening eng katta orzum edi. Bu maqsadimga o‘tgan yili erishdim. Endi esa professional boksning eng og‘ir vaznida jahon chempionligini qo‘lga kiritishni maqsad qilganman va hozirda bor e’tiborimni shunga qaratganman. Olimpiya o‘yinlari va boshqa musobaqalar ortda qoldi.

Ammo bu holat hamisha oson bo‘lishini anglatmaydi. Chunki siz mashg‘ulot o‘tkazasiz, jangga tayyorlanasiz. Men har bir jangga eng qiyin jangga tayyorlangandek mashg‘ulot o‘tkazaman. Janglarim tobora qiyinlashib borayotganini qiyinlashib borayotganini tushunyapman.

Jangchi sifatida men tayyor ekanimni his etyapman. Bu professional boks. Atrofimda o‘z ishimning ustalari yig‘ilgan. Ular qachon jang o‘tkazishimni aytishsa, shunga qarab tayyorlaman. O‘zimga qolsa esa hoziroq chempionlik jangini o‘tkazishga tayyorman", — dedi Jalolov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 10.06.2022.
O'qildi: 4953 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик