Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Terma jamoamiz o‘z darajasida emasmi?

Terma jamoamiz o‘z darajasida emasmi?

Baho:
+ | -1
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Shri-Lanka terma jamoasini 3-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Lekin tanaffus paytidagi va o‘yindan keyingi ba’zi fanatlarning, xattoki ba’zi hamkasblarimning jig‘ibiyron bo‘lishidan ko‘pchilik natijadan qoniqmaganligini bilish mumkin.CHunki ular "Shri-Lankayam jamoami?" deb 10 talab gol kutib o‘yinni kuzatishgan.

Mana shunisi yomon. Raqibni o‘yinini o‘rganmasdan turib reytingiga qarab baho berish yaxshi emas. Fanatlarniku tushunaman, ular koreys, yaponlarni ham yirik hisobda yutish kerak deb hisoblashadi. Lekin "boshqa" larchi. O‘yinni televizorda ko‘rgan boshqayu, voqealikni ichida o‘rganib, his qilib ko‘rgan boshqa. Shu bois Namanganga borib ikkala o‘yinni stadionning o‘zidan ko‘rganim meni yutug‘im bo‘ldi deb o‘ylayman.(garchi stadionga kirish va yurish ancha qiyinchilik tug‘dirgan bo‘lsada).

Chunki televizor qashisida o‘tirib yirikroq hisobni kutayotganlardan farqli o‘laroq, 4-5ta gol bo‘lmasligini his qilib turdim. Birinchidan meni Shri-Lanka jamoasi bosh murabbiyining bir kun avvalgi o‘yin haqidagi fikrlari, ikkinchidan esa o‘yin oldi mashg‘ulotlari hayron qoldirdi. Jamoa o‘yinni "o‘ldirish" ga harakat qilishi sezilib turardi. Bir chiziqli himoya uslubi va himoyachilarga yordamga yetib kelish, raqibni o‘rganganligidanmi bilmadim qanotlardan uzatilgan to‘plarni qaytarishdagi harakatlar har bir kishini diqqatini o‘ziga tortishi tabiiy edi.

Shularni kuzatib Markaziy stadionda yangi qurilgan usti yopiq media tribunalarda javlon urayotgan jurnalistlarga o‘yin 2-0 bo‘lsa kerak deganimda, ularning barchasi "ha yo‘g‘a"deya istehzoli tarzda kulib qo‘yishdi.Lekin xavotirim o‘rinli ekanligini sharh paytida ham his qilib turdim. Katanes qanotlardagi yuqoridan uzatmalarga urg‘u bergani, jarima maydonchasi ichida Eldor va Azizlarga ko‘proq ishongani ham sezilib turdi. Lekin raqibning bo‘yi baland ikki himoyachisi yuqoridan kelayotgan to‘plarda yaxshi kurash olib borishdi. Markazdan esa himoyani yorib o‘tish juda qiyin edi.CHunki 10himoyachi bilan o‘ynayotgan raqib futbolchilarining jismoniy holati yaxshi, to‘p ketidan tinimsiz yugurib charchashmas edi.

Shri-Lankaning xatosi jarima zarbalarini qaytarishda bo‘ldi. Jonli devor o‘rnatishda va ustun yoniga bo‘yi balandroq o‘yinchi qo‘ymaganligida bo‘ldi. Haqiqatan ham to‘liq himoyaga yotib olgan jamoa bilan o‘yin olib borish qiyin. Buni o‘yindan keyin Katanes ham va ko‘pgina  mutaxassislar ham aytishdi. Gollarda esa albatta noto‘g‘ri qo‘yilgan jonli devordan tashqari ijro mahoratining ham hissasi bor edi. O‘yin statistikasidagi katta farq hammasini ko‘rsatib turgan bo‘lsada lekin xavotirim, taxminim deyarli o‘zini oqladi. Xattoki o‘yindan keyin Shri Lanka t.j bosh murabbiyi o‘yindan ko‘ngli to‘lganini, hisobdan qoniqqanligini aytdi.Bir tomondan albatta "kosmik kemalar koinotni zabt etayotgan bir paytda", Eron, Saudiya Arabistoni, J. Koreya, Yaponiya terma jamoalari mundialga tayyorgarlik ko‘rish borasida Braziliya, Chili singari davlatlar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazayotgan bir paytda muxlislarning talabini, jig‘ibiyronligini tushunish mumkin. Chunki Saudiya Arabistoni t. j bilan bo‘lgan o‘yindan keyingi tushkun xolat hali ham saqlanib turgandek go‘yo. Axir Saudiyani ham qoniqtiradigan durang qayd etilganda  termamiz keyingi bosqichga chiqardida. Qolaversa shu bosqichdan o‘ta olmaganligi barchamizni ancha xafa qilgani ham bor gap.

Shu bois ularning natijaga bo‘lgan har qanday e’tirozini tushunsa bo‘ladi. Ikkinchi tomondan Sanjar Tursunov aytganidek mundialga chiqqan Osiyoning terma jamoalari hozirgi paytda haqiqatan ham ancha kuchli. Lekin u boshqa hikoya.... To‘g‘ri Katanes tarkibga  eng munosiblarini yig‘a olgan. Balki Eldor, Jaloliddin, Oybek, Oston, Doston va boshqalar o‘z darajasida to‘p surmagandir.

Ulardan ko‘prog‘ini kutayotganimiz ham rost. Balki siz kutgan ko‘proq gollarni urishlari ham kerak edi. Lekin ishoning Shri-Lanka  darvozabonining bunday ajoyib harakati, 10ta futbolchining himoyaga yotib olishi,ba’zida vaqt cho‘zib o‘yin tempini o‘ldirilishi, bularning barchasi raqib reja asosida harakat qilayotganligidan dalolat edi.SHu bois keling natijani to‘g‘ri qabul qilib, o‘yindan o‘yinga terma jamoamiz yanada kuchayib Osiyo kubogi 2023da finalgacha yetib borishiga ishonch bildiraylik.

Manba: Мурод Ризаев
Kiritildi: 23:36, 10.06.2022.
O'qildi: 1480 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.