Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

U23 Osiyo kubogi. G‘alabaaaaaa!

U23 Osiyo kubogi. G‘alabaaaaaa!

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U23 terma jamoasi chorak finalda Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tgan dramatik o‘yinda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Provokasiya, VAR, qizil kartochka va penalti
Uchrashuv olimpiyachilarimiz uchun og‘ir boshlandi. Iroqliklar qitmirona provakasiyalar ishlatib, futbolchilarimizning ruhiy holatini izdan chiqarish uchun harakatlarni boshlab yuborishdi. Bu esa 7-daqiqadayoq samara berdi. Mehmonlar hujum uyushtirgan paytda darvozabonimiz Abduvohid Ne’matov to‘pni egallab, tezlik bilan o‘yinga kiritishga harakat qilayotganida, iroqlik futbolchilardan biri unga xalal berib, posbonimizni quchoqlab oldi. "Nasaf" darvozaboni esa bexosdan raqib futbolchisining yuziga tirsagi bilan uriyu yubordi. Hakam uzoq vaqt davomida videotakrorni tomosha qildi. Qaror: Ne’matovga qizil kartochka va darvozamiz tomon penalti!

Abduvohid maydonni tark etgach, Xolmatov zaxiraga olinib, uning o‘rniga Vladimir Nazarov tushirildi. Ramazon Juma esa 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bu paytda muxlislar maydonga turli buyumlar uloqtira boshlashdi. Ularni tinchlantirishga ketgan vaqtni VAR tomoshasini qo‘shib hisoblaganda, o‘yin kamida 10 daqiqaga to‘xtab qoldi.

Ustun va penalti
Mazkur holat futbolchilarimizni aslo tushkunlikka tushirmadi. Aksincha, ular yanada ishtiyoq bilan raqib darvozasi tomon tashlanishdi. Jasur Jaloliddinov darvozagacha 25 metrlar masofadan jarima zarbasi ishladi va uni o‘zi amalga oshirdi. To‘p ustunga tegib qaytdi! Shunday bo‘lsada, futbolchilarimiz hujumni davom ettirishdi va penalti ishlashdi. Jaloliddinov darvozabonning ustidan kulgancha markaz bo‘ylab sekin zarba berdi va to‘pni darvozaga joyladi.

Ishtiyoq va iroda
Ikkinchi bo‘lim ham vakillarimizning shiddatli hujumlari bilan boshlashdi. 50-daqiqada urilgan qarshi hujumdagi golga "Real" futbolchilari ham havas qilishsa kerak. Erkinov va Norchayev raqibning naq 5 nafar futbolchilarini dog‘da qoldirib, jarima maydoniga kirib borishdi. Husaynning uzatmasidan keyin Hussayn Ammar o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Nazarovdan xato va qo‘shimcha bo‘limlar
O‘yin oxirlagan sari Iroq murabbiyi maydonga zaxira kuchlarini tashlab, jamoasi o‘yinini kuchaytirdi. Taym o‘rtalarida Ammar G‘olib chap qanotdan jarima maydonimizga yorib kirdi va o‘tkir burchak ostida zarba bermoqchi bo‘ldi. Vladimir Nazarov esa uzatilajak to‘pni egallash maqsadida biroz oldinga qadam bosdi. Ammo uzatma zarbaga aylanib ketdi va darvozabonimiz yaqin burchakdan to‘p olib chiqdi.

Asosiy vaqt oxirigacha Iroq futbolchilari faolroq o‘yin ko‘rsatishdi. Ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda biz g‘alabani ilib ketishimiz mumkin edi. Burchakdan yetkazilgan uzatmagan Hamroliyev bosh bilan zarba berdi. To‘p shundoqqini ustun yonidan o‘tib ketdi.

O‘ttiz daqiqalik qo‘shimcha bo‘limlarda ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘ldi. Raqib esa penaltilar seriyasiga rozi bo‘lib to‘p tepdi.

Penaltilar seriyasi, ustun, Nazarovdan seyv va noaniq zarba
Qur’aga ko‘ra zarbani iroqliklar birinchi bo‘lib berishdi. Dastlabki zarbalarni tomonlar aniq berishdi. Raqib ikkinchi zarbani golga aylantirdi. Hamroliyev tomonidan yo‘llangan O‘zbekistonnning ikkinchi zarbasini posbon qaytarib, muxlislarimizni xavotirga tushirib qo‘ydi.

Ammo vaziyat  tezda o‘zgarib ketdi. O‘sha o‘yindagi birinchi golni penaltidan urgan Ramazon Juma yo‘llagan zarba natijasida to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, futbolchimiz hisobni tenglashtirdi. Keyin esa iroqlik futbolchining to‘rtinchi zarbasini Nazarov qaytardi. Fayzullayev to‘rtinchi zarbani golga aylantirib, jamoamizni oldinga olib chiqdi — 3:2. Iroqlik beshinchi futbolchining zarbasidan keyin yuqoriga ko‘tarilib ketdi va bizning beshinchi futbolchi zarba berishiga hojat qolmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U23 terma jamoasi o‘ta asabiy, ko‘p kuch sarflangan dramatik o‘yinda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Jamoamiz yarim final bahsini 15 iyun kuni Janubiy Koreya - Yaponiya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

U23 Osiyo kubogi, chorak final
O‘ZBEKISTON - IROQ - 2:2. Penaltilar seriyasi — 3:2
Gollar: Jasurbek Jaloliddinov (45+penalti), Hussayn Ammar (50-avtogol)  — Ramazon Juma (19-penalti), Ammar G‘olib (68)
Chetlatish: Abduvohid Ne’matov (13)
O‘zbekiston: Ne’matov (Nazarov 15), Tursunov, Hamraliyev, Erkinov, Hoshimov, Jaloliddinov, Begimov, Xolmatov, Davronov, Norchayev, Bo‘riyev.
Iroq: Hasan Ahmad, Ahmad Hasan, Husain Ammar, Moamel Ogaili, Vakaa Ramazon, Ali Majid, Merchas Solih, Muhammad G‘uraybavi, Muntander Ablulamir, Hasan Rayed, Aleksandr Goria,

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:03, 12.06.2022.
O'qildi: 8740 marta.
Fikrlar: 118 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.