Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Buni omad deydilar!

Buni omad deydilar!

Baho:
+ | -

APL mavsumining o‘zgacha yakuni, shuningdek, «Milan»ning 11 yilda ilk bor skudettoni qo‘lga kiritishi sababli Yevropaning top-ligalarida jon saqlash uchun kechgan kurash soyada qolib ketdi.

Vaholanki, bu holat yuqoridagilarning qarama-qarshiligiga qaraganda qiziqarli va dramatik kechadi.

Bu safar hamma ligalarda qaynoq harorat sezildi - Ispaniyada uch klub bir omadsiz nomini aniqlashdi, Angliyada so‘nggi soniyalargacha mavhumlik saqlanib turdi, Fransiyada mamlakatning eng sovrindor (ha, hamon shunday) jamoasi «Sent-Etyen» quyi ligaga ravona bo‘ldi. Lekin eng omadli klub sifatida Italiyaning «Salernitana»sini ko‘rsatish mumkin. 

Voqea har tomonlama chiroyli ko‘rinish oldi. Ta’kidlash joizki, Italiya janubidagi shahar klubi «A» seriya-da umuman qatnashmasligi mumkin edi. Ya’ni, bir yil avval elita yo‘llanmasini haqli tarzda qo‘lga kiritgandi, lekin keyinchalik tashkiliy masalalarda muammolar vujudga keldi. Gap shundaki, «Lasio» prezidenti Klaudio Lotito «Salernitana» bilan yaqin aloqada edi. U mazkur klub prezidenti Marko Messaroning o‘gay akasi hisoblangan holda, 2011 yilgi bankrotlikdan so‘ng klubni tiklash yo‘lida faol ko‘maklashgan, ak-siyalarga egalik qilgan, Italiyadagilarning aytishlaricha, Neapol chetidagi jamoaning moliyaviy hayotiga hamon aloqador. 

Italiya qonunchiligiga ko‘ra, nafaqat bir shaxsga tegishli, balki uning har qanday moliya-viy masalalarga aloqalari bo‘lgan jamoalarning bir divizionda qatnashishi qat’iyan man etilgan. «Salernitana» zudlik bilan yangi xo‘jayin topishiga to‘g‘ri keldi. Natijada, Lotito dastlab klubni o‘g‘li va kuyovi nomiga rasmiylashtirdi, bu ham futbol mutasaddilarini qanoatlantirmagach, «Salernitana»ni mustaqil trast ixtiyoriga topshirdi: shu tariqa 6 oy ichida klubni yangi xo‘jayinga sotish kerak edi. Uchinchi urinishda jamoa «A» seriyada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi, quvonchli voqea ta’sirida tarkibga Frank Riberini jalb etdi. 

Taniqli fransuzdan naf katta bo‘ldi, deyish qiyin - qish boshida «Salernitana» quyi pog‘onalarga mustahkam joylashdi: 15ta turda bor-yo‘g‘i 8 ochko. Bunday paytlarda amalga oshiriladigan odatiy murabbiy almashuvidan ham deyarli foyda keltirmadi - Fabrisio Kastori o‘rnini Stefano Kolantuono egalladi. Boz ustiga, klub oldidagi «A» seriyani tark etish xavfi yangilandi - belgilangan 6 oy muddat tugab borar, yangi xo‘jayin esa topilavermasdi. Oxir-oqibat, dedlaynga 2 daqiqa qolganda - 31 dekabr soat 23:58da - vaqtinchalik ma’muriyat mahalliy biznesmen Danilo Yervolinoning taklifini qabul qildi va u klubning yangi prezidentiga aylandi. 

Ammo vaziyat baribir, beqaror edi - birinchi davra yakuniga ko‘ra, 11 ochko jam-g‘argan jamoa so‘nggi pog‘onani egallab turardi. Qolaversa, kovid (omikron shtammi) tarqalishi sabab «Udineze» bilan o‘yinga borishning imkoniyati topilmadi va «Salernitana»ga endi texnik mag‘lubiyat xavf soldi. 

Yervolino darhol sport direktori lavozimiga Italiyaning eng obro‘li menejerlaridan biri - Valter Sabatinini tayinladi, funksioner ajoyib transfer kampaniyasini amalga oshirish orqali yanvarda yangi jamoa yig‘di. «Salernitana»ga 14 kishi keldi, ular orasida bir mavsum avval «Torino»ni «jarlik»dan qutqargan bosh murabbiy Davide Nikola ham bor edi. Ko‘pincha bunday choralar ish bermaydi, ammo jamoa ochkolar jamg‘arishni boshladi. Boz ustiga, «Udineze» bilan o‘yin borasidagi apellyasiya ishida g‘olib chiqdi - uchrashuv aprel oyiga ko‘chirildi, «Salernitana» 90+3-daqiqada urilgan gol evaziga raqibini 1:0 hisobida yengdi. 

«Salernitana» so‘nggi turga 31 ochko bilan xavfli 17-pog‘onada yetib keldi. 18-o‘rindagi «Kalyari»da 29 ochko bor edi. Biroq to‘plar nisbatining yaxshiligi ochkolar teng kelib qolganda, ustunlikni orolliklar tomoniga og‘dirardi - «-34»ga qarshi «-41». «Salernitana» elitada qolishni istasa, o‘z maydonida vazifasini allaqachon uddalab ulgurgan «Udineze»ni taslim etishi kerak edi. «Kalyari» esa o‘sha payt­ga kelib, quyi ligaga ravona bo‘lib ulgurgan «Venesiya» maydoniga safar uyushtirgandi. 

Yakunda mutlaqo kutilmagan voqealar ro‘y berdi. «Salernitana» o‘z o‘yinida 0:4 hisobida yengildi, e’tiborlisi, gollarning uchtasini tanaffusga qadar o‘tkazib bo‘lgandi. Natijada, bor umid «Venesiya»ga bog‘landi - narigi o‘yinda kutilmaganda, 0:0 hisobidagi durang qayd etildi. 

Aslida, «Salernitana»ning butun mavsumdagi holati ajabtovur. Dastlab jamoa elitada qatnashish huquqini qo‘lga kiritishda qiynaldi, keyin esa hujjatlar dedlaynga ikki daqiqa qolganda rasmiylashtirildi, «Udineze» bilan o‘yinning birinchisi texnik mag‘lubiyatdan so‘nggi so-niyalarda urilgan gol evaziga g‘alabaga aylangan bo‘lsa, hal qiluvchi so‘nggi turda aynan shu jamoaga 0:4 hisobida imko-niyat boy berilib, baribir, «jon» saqlandi. Mana buni haqiqiy omad desa bo‘ladi!

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:03, 12.06.2022.
O'qildi: 2398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.