Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Yurgen Klopp va sarflangan pullar. 2016 yildan beri qaysi APL jamoasi tranfserlar uchun eng ko‘p pul ishlatdi?

Yurgen Klopp va sarflangan pullar. 2016 yildan beri qaysi APL jamoasi tranfserlar uchun eng ko‘p pul ishlatdi?

Baho:
+ | -

«Liverpul» anchadan buyon futbol olamida o‘ta aqlli va foydali xaridlar amalga oshirishi bilan hammani qoyil qoldirib kelmoqda. Bunda Yurgan Kloppning katta ta’siri mavjud, albatta. Bugungi ma’lumotlar 2016 yil, Yurgen Klopp «Liverpul»da ish boshlaganidan to hozirga qadar bo‘lgan paytda ingliz top-klublarining sarf-xarajatlariga bag‘ishlanadi. Albatta, bu pullarning hammasi transferlarga sarflangan. Demak, boshladik.

«Manchester Siti» – 967 million funt

2008 yilga qadar bu klub deylari hech qanday karomat ko‘rsata bilmagan. APLda esa «chekka-chekka»da yurardi. Ammo o‘sha yili «Abu-Dhabi United Group» jamoani sotib oladi. Hammasi shundan keyin boshlanadi. Klub 2016 yildan beri, atigi 6 yillik davr ichida 1 milliard funtga yaqin mablag‘ni transferlar uchun sarfladi. Xususan, o‘tgan yozda APL chempionlari 121 million funtga futbolchi sotib olgan edi. Birgina Jek Grilish uchun esa 100 million funtdan voz kechilgan. 2016 yildan beri «shaharliklar» uchun bu borada eng yuqori ko‘rsatkich 2017-18 yilgi mavsum bo‘lib qolmoqda. O‘sha paytda 285 million funt yangi faqatgina xaridlar uchun ketgan.

«Chelsi» – 912 million funt

Keyingi pog‘onada «Chelsi» turadi va bu tabiiy. Chunki rus-isroil milliarderi Roman Abramovich jamoani sotib olgach, hammasi o‘zgarib ketgandi. Sobiq xo‘jayin davrida hech narsadan pul ayalmadi va bu o‘z samarasini berdi. 2016 yildan beri ikki mavsumda 200 million funtdan ko‘proq pul, faqatgina transferlar uchun ajratilgandi. Hozir esa «Chelsi»ni amerikalik shaxs sotib olgan. Uning davri esa qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi.

«Manchester Yunayted» – 830 million funt

«MYU»ning bu boradagi ishlari juda qiziq. Masalan, klubning tarixdagi eng qimmat xaridlarining oltitasidan beshtasi, aynan 2016 yildan keyin sotib olingan. Bu ro‘yxatda Pol Pogba yetakchilik qiladi (89 million funt). Keyingi pog‘onanani esa o‘tgan yozdagi transferlardan biri Jeydon Sancho band etgan. Uning narxi 76 million funtga teng edi. «MYU» shuncha mablag‘ sarflayotgan bo‘lsa ham, jamoada o‘sish ko‘rinmayapti.

«Arsenal» – 692 million funt

«Arsenal»ning 2016 yildan beri sarflagan pullari, uning APLdagi o‘rnini ham akslantiradi. Ya’ni, jamoa titul uchun kurashadigan darajadagi xaridlarni amalga oshirmagan. Ammo o‘tgan yozda klub, o‘z tarixidagi eng ko‘p mablag‘ni aynan transferlarga sarfladi. 150 million funt Ben Uayt (52 m.), Martin Edegor (31 m.) hamda Aaron Remsdeyl (25 m.) kabi muhim futbolchilar uchun ishlatilgandi. Qolaversa, 2019-20, 2017-18 yilgi mavsumlar ham «Arsenal» uchun qimmatga tushgan. O‘shanda jamoa, mos ravishda 144 va 137 million funt-sterlingni aynan transferlarga ishlatgan.

«Tottenxem» – 518 million funt

Odamlar orasida nimani eksang, shuni o‘rasan, degan gap bor. Mana, nima uchun «Tottenxem» 2008 yildan buyon sovrin yuta olmayapti. «Shporlar» uchun 2016 yildan beri eng katta pul sarflash 2019-20 yilgi mavsumda, 133 million funtni tashkil etadi. Shunga qaramay, klub boshqa gigantlarga doimo raqobat tug‘dira olgan.

«Liverpul»ning o‘zi haqida

Yuqorida mersisaydliklarning asosiy raqiblari haqida gapirdik. Xo‘sh, o‘zlarining darajasi bu borada qanday? 2015 yilning so‘nggida «Liverpul»ga olib kelingan Klopp, hozirgacha 557 million funtni futbolchilar uchun tikdi. Bu miqdor qo‘shimchalar bilan 600 milliondan sal oshadi. Shunday qilib, Yurgen Klopp «Arsenal»dan sal kamroq, «Tottenxem»dan esa ozgina ko‘p mablag‘ sarfladi. Biroq, nemis mutaxassisi boshchiligidagi jamoa 2016 yildan buyon beshta titulni qo‘lga kiritdi. Ular ichida YECHL va APL chempionligi bor. Mana, nima uchun yuqorida «Liverpul»ni «aqlli xaridlar ustasi» degandik!

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 13:21, 12.06.2022.
O'qildi: 5469 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.