Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema jamoadoshi Antuan Grizmann haqida gapirdi.
Grizmann so‘nggi bor 6 yanvar kuni «Atletiko» uchun «Rayo Maxadoanda»ga qarshi o‘yinda (5:0) gol urgan edi.
«Barcha buyuk futbolchilarda shunday davrlar bo‘lgan: Zidan, Ronaldu, Krishtianu Ronaldu.
Biz omadsiz o‘yinchilarni barmoqlarimiz bilan ko‘rsatmoqchi emasmiz. Hammasi yaxshi bo‘ladi, Antuan gol uradi. U jamoaga yordam berishda davom etishi kerak», - deydi «Real» hujumchisi.