"PSJ" yarim himoyachisi Pablo Sarabiya kelasi mavsumda qayerda o‘ynashini bilmasligini aytdi.
"Mening kelajagim? Hozirda kelasi mavsum qayerda o‘ynashimni bilmayman. Endi men yaxshilab o‘ylab, faoliyatimni davom ettirish uchun eng yaxshi variantni tanlashim kerak", deya Sarabiya so‘zlarini keltiradi fransuz jurnalisti Adriyen Graniyer.
Sarabiya 2019 yilning yozida “Sevilya”dan “PSJ”ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda 30 yoshli yarim himoyachi Portugaliya chempionatida "Sporting Lissabon" safida 15 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.