Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Bir o‘xshamasa, yomon!

Bir o‘xshamasa, yomon!

Baho:
+ | -

Garchi Muhammad Saloh sermahsullik bobida mavsumni yomon o‘tkazmagan bo‘lsada, so‘nggi bir yillikni faoliyatidagi eng yomoni sifatida qabul qilsa, ajabmas. Buning sabablariga to‘xtalamiz.

Afrika kubogi  finalidagi mag‘lubiyat

«Qora qit’a» chempionatining hal qiluvchi o‘yinida Senegal termasiga qarshi to‘p surgan misrliklar penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi. Uchrashuvdan so‘ng Salohning senegallik klubdoshi Sadio Mane uning yoniga kelib, yupatishga uringandi.

JCH saralashida tanish ssenariy

Qatarda o‘tadigan mundial yo‘llanmasi uchun kechgan saralash uchrashuvida yana Senegal va Misr termalari o‘zaro kuch sinashishdi. Birinchi o‘yinda «ehromlar yurti» vakillari 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi, javob bahsida senegalliklar ayni ko‘rinishda ustun kelishdi. Penaltilar seriyasida g‘olib chiqqan Mane jamoasi JCH chiptasiga ega bo‘ldi. Saloh yana omadsizlar safida!

APLdagi noxush yakun

Ha, Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumi oxirgi turning oxirgi daqiqalarigacha muxlislarga intriga bag‘ishladi. «Liverpul» «Vulverxempton»ni yengsayu, «Manchester Siti» ochko yo‘qotsa, tumanli o‘lka chempionligi «qizillar»ga nasib etardi. Garchi Muhammad Saloh o‘z goli bilan jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shgan bo‘lsada, parallel kechgan bahsda Pep Gvardiola shogirdlari chiroyli «kambek» evaziga g‘oliblikni naqd qilishdi.

Revansh amalga oshmadi

«Liverpul» Chempionlar Ligasi finalida «Real»ga to‘qnash keldi. Bu onlarni Saloh 4 yil kutgandi, «qirollik klubi»dan o‘ch olishni istadi. Yodingizda bo‘lsa, 2018 yilgi YECHL finalida Serxio Ramos bilan to‘qnashish oqibatida jarohat olgan misrlik hujumchi maydonni ko‘zida yosh bilan tark etgandi. Afsuski, u istagan revansh amalga oshmadi. «Real» 1:0 hisobidagi g‘alaba evaziga «shalpangquloq»­ni o‘ziniki qildi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan keyin ham, Saloh uchun bu faoliyatidagi eng omadsiz mavsum bo‘lganiga kimningdir qalbida shubha uyg‘onishi mumkinmi?

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 23:15, 13.06.2022.
O'qildi: 4380 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик