"Nyukasl" hafta oxirigacha "Reyms" hujumchisi Ugo Ekitike bilan shartnoma imzolamoqchi, deb yozdi jurnalist Fabrisio Romano tvitterda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga yaqin turibdi.
2021/22 yilgi mavsumda Ekitike “Reyms” safida 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
19 yoshli fransiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Transfermarkt.com portali hujumchining narxini 28 million yevroga baholamoqda.