Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Mourinyoning «Real»ga qo‘ygan 5 ta qat’iy sharti ma’lum bo‘ldi

Mourinyoning «Real»ga qo‘ygan 5 ta qat’iy sharti ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo «Real» prezidenti Florentino Peres bilan klub boshqaruviga qaytish imkoniyatini muhokama qildi. Muzokaralar davomida portugaliyalik mutaxassis beshta shart qo‘ygan, bu haqda Ispaniyaning «Sport» nashri xabar bermoqda.

  1. Ikki yillik shartnoma: Mourinyo 2028 yil iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan kelishuvni istamoqda.

  2. Klub matbuot kotibining tayinlanishi: Mourinyo faqat murabbiy sifatida faoliyat yuritishni xohlaydi, klubning «rasmiy ovozi» bo‘lishni emas. «The Special One» o‘zining futbolga aloqador bo‘lmagan bayonotlari tufayli yuzaga keladigan mojarolar takrorlanishini istamayapti.

  3. To‘liq sport mustaqilligi: Mourinyo rahbariyatdan kimdir sportga oid qarorlarga ta’sir o‘tkazishiga qarshi. Peres o‘z ta’sirini kamaytirishga rozi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Mourinyoning talabi: «Men jamoani boshqaray, Peres esa klubni».

  4. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintusning ketishi: Mourinyo o‘z shtabida «Peresning josuslari» bo‘lishini xohlamaydi. U prezident bilan o‘rtakashlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lishni talab qilmoqda. Bu shart eng muammoli bo‘lishi mumkin, chunki Peres Pintusga qattiq ishonadi.

  5. Tibbiy shtab: Mourinyo futbolchilar xohishiga ko‘ra boshqa shifokorlar bilan maslahatlashishi va «ikkinchi fikr» olishi mumkin bo‘lishini istaydi. Shuningdek, Joze futbolchilarning holatini shifokorlar bilan muhokama qilishda shaxsan ishtirok etmoqchi.

Joze Mourinyo 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan edi.

Kiritildi: 03:19, 07.05.2026.
O'qildi: 861 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик