Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

Baho:
+ | -

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i botlar va nofaol akkauntlarni ommaviy tarzda o‘chirish ishlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Tekshiruv natijasida ko‘plab jahon yulduzlari millionlab obunachilaridan ayrildi. Eng katta yo‘qotishlardan biri portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, shubhali akkauntlar o‘chirilganidan so‘ng Ronaldu taxminan sakkiz million obunachisini yo‘qotgan. Shunga qaramasdan, hujumchi hali ham «Instagram»dagi eng mashhur inson bo‘lib qolmoqda — ayni paytda uning sahifasiga 666 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoq yulduzlari orasida eng katta yo‘qotish Kayli Jenner hissasiga to‘g‘ri keldi — u 15 million obunachidan ayrildi. Selena Gomes va Ariana Grande olti milliondan, Jastin Biber besh milliondan, Teylor Svift esa to‘rt million obunachisini yo‘qotdi.

Hozirda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida to‘p tepmoqda va Portugaliya terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Afsonaviy hujumchi uchun bo‘lajak mundial faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionati bo‘lishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda 41 yoshli hujumchi yuqori natijadorlikni saqlab qolmoqda. U Saudiya Arabistoni chempionatida 27 uchrashuvda 25 ta gol urdi. Umuman olganda, Ronaldu faoliyati davomida rasmiy o‘yinlardagi 1000 gollik tarixiy marraga yaqinlashib qolgan — hozir uning hisobida 970 ta gol bor.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 05:41, 07.05.2026.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик