Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Tchuameni va Valverde «Real» mashg‘ulotida deyarli mushtlashib ketdi — Marca

Tchuameni va Valverde «Real» mashg‘ulotida deyarli mushtlashib ketdi — Marca

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi futbolchilari Orelyen Tchuameni va Federiko Valverde jamoa mashg‘uloti vaqtida deyarli mushtlashib ketdi. Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, holat o‘yin epizodlaridan biridagi qoidabuzarlikdan so‘ng yuzaga kelgan va futbolchilar bir-birini itarishga o‘tgan. Munosabatlarni oydinlashtirish yechinish xonasida ham davom etgan.

Jamoadagi murakkab muhit La Liganing 35-turida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan yanada og‘irlashgan. Ushbu bahs kataloniyaliklar uchun chempionlik o‘yiniga aylanishi mumkin. Avvalroq himoyachilar Antonio Ryudiger va Alvaro Karreras o‘rtasida ham mojaro bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, «Real»ning kamida olti nafar futbolchisi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan muloqotni to‘xtatgani, ayrim o‘yinchilar esa hatto bir-biri bilan ham gaplashmayotgani aytilmoqda.

«El-klasiko» 10 may kuniga belgilangan bo‘lib, Barselonadagi «Spotifay Kamp Nou» stadionida o‘tkaziladi. Kataloniya jamoasiga chempionlikni qo‘lga kiritish uchun mag‘lub bo‘lmaslik kifoya. Ispaniya chempionatining 34 turidan so‘ng «Barselona» 88 ochko bilan peshqadam, «Real» esa 77 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:11, 06.05.2026.
O'qildi: 1198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик