Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Millatlar ligasi asosiy pallasiga kirmoqda. Qiziqarli voqealar yetarlicha

Millatlar ligasi asosiy pallasiga kirmoqda. Qiziqarli voqealar yetarlicha

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Millatlar Ligasining iyun oyidagi bosqichi allaqachon yakuniga yetish arafasida. Quyida yakuniga yetgan bahslarning asosiy voqealari bilan tanishtirib o‘tamiz.

No Ronaldo — No Party

Portugaliya terma jamoasi bu yil hisobidan yaqingacha mag‘lub bo‘lmagan edi, ammo Fernandu Santush Krishtianu Ronalduga Shveysariya bilan uy uchrashuvida dam berishga qaror qildi va bu bilan katta xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘yin boshidanoq ishlar rejadagidek ketmadi. Uchrashuvning 57-sekundidayoq Xaris Seferovich qanotdan oshirilgan to‘pni raqibi darvozasiga joylab qo‘ydi - 1:0. Ushbu hisobni qolgan vaqt davomida Murat Yakin shogirdlari qahramonlik bilan saqlab qolishdi. «Monpelye» darvozaboni Yonas Omlin 8 ta seyv bilan eng yaxshi o‘yinchiga aylandi.

Uchrashuvda Ronalduning o‘rni ancha bilinib qoldi. Hujumda portugallar safida Rafa Leau, Andre Silva, Otavio, Bruno Fernandesh, Gonsalo Gedesh va Diogo Jotalarning o‘z jamoasiga umuman foydasi tegmadi. Ushbu mag‘lubiyat portugallar uchun yilning ilk mag‘lubiyati, Shveysariya terma jamoasi uchun esa yilning ilk g‘alabasi sifatida tarixga kirdi. Santush shogirdlari bungacha besh o‘yinda bir durang qayd etishgan edi. Ushbu guruhdagi parallel o‘yinda Ispaniya Soler va Sarabiyaning gollari evaziga chexlarni 2:0 hisobida muammosiz mag‘lub etdi.

Xoland - Millatlar ligasining eng yaxshi to‘purari

Millatlar ligasining yozda bo‘lib o‘tgan to‘rt turi davomida Erling Xoland allaqachon 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlab shvedlar «Manchester Siti»ning yangi hujumchisidan dubl qabul qilib olishdi: 10-daqiqadayoq Erling darvozani ishg‘ol qildi va ikkinchi bo‘limda penaltini golga aylantirdi. Norvegiyaliklarning uchinchi golida ham Xoland ishtirok etdi. Hujumchining uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan so‘ng Aleksandr Syorlot to‘p uchun kurashda g‘alaba qozondi va gol urdi. Hozircha guruhda faqat birgina jamoa Erlingdan gol qabul qilib olmagan – Sloveniya. Hozirda Xoland Millatlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Serbiya esa 2:0ni g‘alabaga aylantira olmadi

Serblar ochkolar hisobiga Gollandiyani oldinga o‘tkazib yuborishdi, lekin umuman olganda, jamoa Millatlar Ligasida yaxshi o‘ynadi: to‘g‘ri, norveglarga yutqazishdi, lekin keyinchalik slovenlar va shvedlarga qarshi bahslarda ochko yo‘qotilmadi.

Sloveniya bilan o‘yin alamliligi bilan yodda qoladi. Dastlab Jivkovich va Mitrovich jamoasini oldinga olib chiqqan edi - 2:0. Lekin slovenlar ikkinchi bo‘limni uchta almashtirish bilan boshladi va murabbiy tanlovi o‘zini oqladi. Birinchi hujumdayoq Adam Gnezda-CHerin gol urishga erishdi. 53-daqiqaga kelib, umumiy hisob tenglashdi - 2:2.

Shundan so‘ng, hech kim gol ura olmadi, slovenlar ikkinchi durangini qayd etdi, shuningdek, jamoa yana ikki bahsda mag‘lub bo‘lgan, g‘alaba yo‘q. Ayni dam serblar uchun birinchi o‘rindagi norvegiyaliklarga yetib olish ancha qiyinroq bo‘ladi.

Greklar uchun bayram!

Bunday deyishimizga asoslar yetarli. Gresiya so‘nggi to‘rtta o‘yinning barchasida umumiy 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va maksimal 12 ochko to‘plab, «B» guruhiga yo‘l oldi. 

Kiritildi: 09:09, 14.06.2022.
O'qildi: 3055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.