"Manchester Siti" yarim himoyachisi Jek Grelish yangi kelganlarni jamoasida ko‘rganidan xursand ekanligini aytdi. Angliyalik futbolchi dunyoning eng yaxshi futbolchilarini jamoada ko‘rishni istaydi.
"Menga "Manchester Siti"ning yirik transferlarni amalga oshirishi yoqadi. Bu boshqa klublarga taalluqli emas, chunki men eng zo‘r bo‘lishimizni xohlayman. Biz hozirgina Erling Xoland bilan shartnoma imzoladik. Klub bunday o‘yinchilarni sotib olgani menga juda yoqadi", - deb Grelish so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport Bible.
Eslatib o‘tamiz, Grelishning o‘zi "Manchester Siti" tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. O‘tgan yozda "shaharliklar" angliyalik uchun "Aston Villa"ga 120 million yevro to‘lashdi.