Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

Feliks, Nunyes va Vitsel: iqtidorlar maktabi yoxud “Benfika” so‘nggi 10 yil ichida dahshatli foyda ko‘rdi

Feliks, Nunyes va Vitsel: iqtidorlar maktabi yoxud “Benfika” so‘nggi 10 yil ichida dahshatli foyda ko‘rdi

Baho:
+ | -

“Benfika” futbol olamida iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatga erishgan kam sonli loyihalardan biri hisoblanadi. Portugaliya klubi shu kungacha boshqa grand klublarga top-darajadagi futbolchilarni yetishtirib berish bilan ko‘pchilikni mehrini qozongan. Shu sabab bugun biz poytaxt klubining so‘nggi 10 yil ichida amalga oshirgan eng yaxshi transferlari haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Darvin Nunyesning "Liverpul"ga o‘tishi “Benfika” tarixidagi ikkinchi eng qimmat transferi hisoblanadi. Klubning eng yirik sotuvi esa 2019 yili “Atletiko”ga o‘tgan Joau Feliks transferi hisoblanadi.  

• “Benfika”ning eng qimmat sotuvi — 127 million yevro. Bu Joau Feliks bilan amalga oshirilgan. Portugal klubi uni 2019 yilda “Atletiko Madrid” shu summa evaziga sotib yuborgan. Kuchli beshlikdan joy olgan ikkita transfer ham bir necha yil oldin amalga oshirilgan. Klub Ruben Diash va Edersonni "Man Siti"ga yaxshigina summaga “pullagan”.

Top o‘ntalikdagi eng “keksa” transfer Aksel Visel bo‘lib, uni 2012 yilda "Zenit"ga 40 million yevroga sotib yuborgan. Belgiyalik futbolchi transferi Feliks sotuvi amalga oshishigacha birinchi o‘rinda turganini ham esdan chiqarmaslik kerak.

"Benfika"ning so‘nggi 10 yil ichida eng qimmat sotgan futbolchilari (top-10)

• “Benfika” eng qimmat sotilgan top-10 (aniqrog‘i, eng yaxshi 11 ta) futbolchi ortidan 590 million yevro ishlab topgan bo‘lib, har bir futbolchi bilan o‘rtacha 53,6 million yevro evaziga xayrlashgan. Lekin, shuni ham ta’kidlash kerakki, bu reytingdan joy olgan futbolchilarning faqatgina uchtasi nisbatan qimmatroqqa sotilgan, qolganlari esa o‘rtacha pul evaziga boshqa klubga o‘tgan. Shuningdek, Feliks ortidan ko‘rilgan foyda ham ko‘p narsani belgilab beradi.

• Bu reytingdan o‘z davrining eng yaxshilaridan biri hisoblangan futbolchilar, Anxel Di Mariya (33 million yevro) va Fabio Koentrau (30 million yevro) ham joy olgan bo‘lishi mumkin edi. Mazkur charm to‘p ustalarining ikkisi ham “Benfika”dan “Real Madrid”ga yo‘l olishgan. Ammo bu sotuvlar so‘nggi 10 yil ichida emas, aksincha ancha avval amalga oshirilgani sababli hozirgi ro‘yxatimizga kiritilmadi.

• “Benfika” so‘nggi 10 yilni jahon transfer bozorida juda muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Klub oxirgi 10 mavsum ichida 640 million yevroga boyigan bo‘lsa, faqatgina ikki mavsum zararga ishlagan. Nisbatan oddiyroq, sovrinlar uchun ko‘p ham kurashmaydigan klub uchun yaxshi foyda hisoblanadi, shunday emasmi?

"Benfika" so‘nggi 10 yil ichida qancha foyda ko‘rdi?

• Zarar bilan yakunlangan mavsumlardan biri 2020/21 yilda kuzatilgan bo‘lib, "Benfika" Darvin Nunyesni "Almeriya"dan 39 million yevro evaziga xarid qildi. Ammo klub o‘sha mavsum unchalik yaxshi sotuvlarni amalga oshira olmadi. Shu sabab portugaliyaliklar 43,5 million yevro zarar ko‘rdi. Ammo joriy mavsum o‘sha Darvinni “Liverpul”ga ikki baravar qimmatiga sotib yubordi (bonuslar bundan mustasno).

• Ikkinchi holat 2013/14 yilgi mavsumda kuzatilgan. O‘sha paytda “Chelsi” Nemanya Matichni 25 million funtga sotib olganini hisobga olmaganda, qimmat sotuvlar bo‘lmagan. Shu sabab o‘sha yili “Benfika” 10 million yevro miqdorida kamomad bilan mavsumni yakunlagan.

• “Benfika” eng katta foydani 2019/20 va 2017/18 yillarda amalga oshirgan. O‘sha mavsumlarda klub Ederson, Semedu va Feliks kabi transferlarni amalga oshirgan.  

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 18:57, 14.06.2022.
O'qildi: 3134 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.