Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Keraksiz yulduzlar: yozda jamoasini erkin agent maqomida tark etadigan 5 futbolchi

Keraksiz yulduzlar: yozda jamoasini erkin agent maqomida tark etadigan 5 futbolchi

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasi boshlanishiga ham oz fursat qolmoqda(1 iyul). Ammo Angliya Premyer ligasiga 10 iyun kuni yangi xaridlarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan. Biroq, transfer oynasi rasman ochilmagan bo‘lsa-da, ba’zi futbolchilar o‘zining sevimli klubini erkin agent maqomida tark etishini rasman e’lon qilib bo‘ldi. Bu ro‘yxatdan jamoasi bilan shartnoma borasida kelisha olmagan bir qancha top futbolchilarning ham borligi achinarli holat. Shu sabab bugun biz yozda klubini tekinga tark etadigan 5 nafar top futbolchi haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

 5. Isko

Ispaniyalik yarim himoyachi Isko "Real" safida uzoq muddatdan beri o‘ynab keladi. Ammo bu mavsum u klubni rasman tark etishini ma’lum qildi. Uning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi. 30 yoshli futbolchi klub sharafini 9 yil davomida himoya qilib keldi. U "Real Madrid" bilan jami 17 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, 5 ta Chempionlar Ligasi kubogini alohida aytib o‘tish kerak. Isko "qirollik klubi" safida La Liga doirasidagi 246 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ispaniyalik futbolchi Yevropaning eng yaxshi ijodkor yarim himoyachilaridan biri sanaladi. OAV xabariga ko‘ra, unga hozirda La Liga klublaridan bir nechta foydali takliflar bor. Qolaversa,  Joze Mourinyo boshchiligidagi “Roma” ham Ispaniya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

 

4. David Ospina

O‘tgan mavsumda Ospina “Napoli” safida 13 ta “quruq” o‘yin o‘tkazdi. 33 yoshli darvozabon Yevropada o‘zining ajoyib o‘yini bilan ko‘plab futbol muxlislarining ko‘nglidan joy olgan. Kolumbiyalik kiper faoliyati davomida nafaqat "Napoli", balki "Nissa" va "Arsenal"da ham zo‘r mavsumlarni o‘tkazgan. Agar kimdir jamoasi uchun ikkinchi raqamli posbon qidirsa, Ospina - mukammal variant. Hozircha David uchun talabgor klublar nomi oshkor qilinmagan. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi shu oy yakuniga yetishini hisobga olsak, kolumbiyalikni istalgan klub o‘z safiga qo‘shib olishni istasa kerak.

 

3. Usmon Dembele

Yozning eng shov-shuvli dostonlaridan biri Dembele bo‘lib, bu hikoya qishda "Barsa" fransiyalik vingerni sotishga uringan paytda boshlangan. Xavi futbolchini o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi ekanligini bildirgan, ammo hozircha rahbariyat fransiyalik forvard bilan kelishuvga erisha olmadi. Usmon o‘tgan mavsum La Liga doirasidagi o‘yinlarda 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi klubda qolishga qarshi emas, ammo rahbariyat uning barcha moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emasligini bildirgan. Tez orada Usmonni Londonda ko‘rishimiz mumkin. Chunki, “Chelsi” rahbariyati o‘zgarganidan keyin ular yaxshi xaridlarni amalga oshirishga tayyorlanmoqda. Shuningdek, Fransiya terma jamoasi futbolchisiga “PSJ” ham taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar mavjud.

 

2. Luis Suares

Urugvaylik hujumchi o‘ziga yana yangi jamoa qidirmoqda. Suaresning "Atletiko" bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. Luis faoliyati davomida 500 dan ortiq gol urgan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. 35 yoshli forvardni haqli ravishda tarixdagi eng yaxshi hujumchilardan biri deb atasak bo‘ladi.

Luis "Barselona"ga qaytishni istayapti, lekin Xavi uning xizmatlariga ehtiyoj sezmaganligini bildirdi. Shuningdek, futbolchiga MLSdan va Yevropaning bir qancha o‘rtamiyona klublaridan taklif borligi haqida xabarlar bor. Suares qishda Qatarda bo‘ladigan Mundialga optimal formada borishni istamoqda. Shuning uchun u tezroq o‘ziga yangi jamoa topishi talab etiladi. Demak, biz yaqin orada urugvaylikning navbatdagi klubi nomini bilib olamiz.

 

1. Garet Beyl

Bir paytlar dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lgan Beyl "Real Madrid" safida 106 ta gol urgan. U faoliyati davomida jami 221 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yganini ham aytib o‘tishimiz kerak.

Beylning Madrid grandi bilan dahshatli shartnomasi bor bo‘lsa-da, u o‘tgan mavsumlar davomida futboldan chetda qoldi. Garet mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi ehtimoli ham mavjud edi. Ammo Uels terma jamoasi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritganini hisobga olsak, buning amalga oshishi biroz kechikadi. Chunki, Beyl Qatarga bormoqchi. Shu sabab u tezda o‘ziga yangi klub topishi kerak.

Jahon chempionatiga chiqishdan oldin uelslik futbolchi Shimoliy Amerika klubiga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo keyin “Xetafe” nomzodi paydo bo‘ldi. Kuzatamiz, futbolchi qaysi jamoa bilan shartnoma imzolar ekan.

Kiritildi: 20:25, 14.06.2022.
O'qildi: 7290 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.