Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Nunyes transferi domino effektini yuzaga keltirdi

Nunyes transferi domino effektini yuzaga keltirdi

Baho:
+ | -

Nunyesning «Liverpul»ga o‘tishi Levandovski uchun «Barsa»ga yo‘l ochdi. Xo‘sh, bu yerda qanday aloqadorlik bor?

Domino effekti.

«Liverpul» hujum chizig‘ini jiddiy kuchaytirmoqda. 22 yoshli hujumchi Darvin Nunyes o‘tgan mavsumda 41 o‘yinda 34 ta gol urgan, jumladan Chempionlar ligasida «Barselona», «Liverpul» (har biriga ikkitadan) va «Bavariya»ga qarshi o‘yinlarda u o‘zini ko‘rsatgan. «Qizillar» aynan «Benfika» to‘sig‘idan o‘ta olmagan.

Nunesning transferi Yevropa futbolidagi top transferlar orasida domino effektini yaratishi mumkin.

Urugvaylik futbolchining transferi «Liverpul»dan Sadio Manega boshqa klubga o‘tish uchun katta eshiklarni ochdi. Senegallik «Bavariya» bilan deyarli og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan.

«Bavariya» oldindan Mane uchun asosiy da’vogar edi. Sadio allaqachon Yulian Nagelsmannga faqat Myunxenda o‘ynashni istayotganini aytgan. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, nemislar tez orada mersisaydliklarga yangi taklif yuboradi va yaqin orada shartnoma shartlari forvardning o‘zi bilan kelishib olinadi. Jurnalist Deyv Okopning xabar berishicha, transfer shu hafta to‘liq yakunlanadi.

Agar «Bavariya» Maneni sotib olsa, hujum chizig‘idagi raqobat ortib ketishi aniq. Bu myunxenliklar safida 374 o‘yinda 344 gol urgan Robert Levandovski uchun katta xavf tug‘dirishi aniq. U yozgi transfer oynasi vaqtida klubni tark etishini allaqachon e’lon qilgan. Bu uning amaldagi shartnomasi oldida ancha g‘alati tuyuldi. Polyak «Barselona»ga o‘tishni istaydi, lekin uning ketishi oson bo‘lmaydi.

Levandovski va Barsa - ehtimoliy transfer haqida nimalar ma’lum?

Robert keyingi mavsumda «Barsa»da o‘ynashiga o‘zining ishonchi komil. Ammo polyakning ishonchi «Bavariya»ga hech qanday ta’sir qilmaydi. Klub uni saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor. Tomas Myuller, Hasan Salihamidjich (sport direktori), Gerbert Xayner (prezident) va Oliver Kan (bosh direktor) hujumchini qaror qabul qilishda shoshilmaslikka chaqirmoqda.

«Barsa» bir vaqtning o‘zida moliyaviy ahvolini to‘g‘irlash - Robertning transferiga ruxsat olish uchun kurashmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, agar polshalikning transferi amalga oshsa, u Kataloniyada yiliga 12 million yevro maosh olishi kerak. La Liga prezidenti Xavyer Tebasning so‘zlariga ko‘ra, «Barsa» bunday xarajatni ko‘tara olmaydi.

Klub prezidenti Joan Laporta bunga qattiq javob qaytardi: «Bu uning ishi emas. Biz o‘zimiz hal qilamiz!». Tebasning so‘zlari Levandovskini «Barselona»ga o‘tish mumkinligi haqidagi xabarlarga shubha uyg‘otdi.

Ammo futbolchi Kataloniyaga o‘tishdan bosh tortgan taqdirda albatta, klubsiz qolmaydi - «Chelsi» va «PSJ» ham futbolchi uchun kurashni boshlab yuborgan.
Biroq Robertning Myunxenda qolish variantini ham rad etmaslik kerak. Lekin Nunyesning «Liverpul»ga transferi buni haqiqatga aylantirdi.

Kiritildi: 22:34, 15.06.2022.
O'qildi: 4249 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.