Dortmundning “Borussiya” klubi bilan shartnomasi yakunlangan belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitsel faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Lequipe xabariga ko‘ra, "Atletiko Madrid" tajribali yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi. "Matraschilar" markazni erkin agent bilan kuchaytirishga qarshi emaslar.
Yarim himoyachi uchun bahsda “Atletiko”ning asosiy raqibi Fransiyaning “Marsel” klubi hisoblanadi.













