Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga yangi direktor tayinlandi

O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga yangi direktor tayinlandi

Baho:
+ | -

Bugun “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida futbol hakamlari va nazoratchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise prezidenti Odil Ahmedov so‘zga chiqib, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidentining 2022 yil 15 iyun kunidagi buyrug‘iga asosan Laziz Qo‘chqorov O‘zbekiston futbol hakamlari markazi direktori etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Keyin esa Laziz Qo‘chqorov ham so‘zga chiqib, bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirgan holda O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xodimlari, hakamlar va hakam nazoratchilari bilan yaqin hamkorlikda ishlash hamda mamlakatimizda hakamlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni astoydil bajarishga urinishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida yurtimizda futbol bo‘yicha hakamlik faoliyatini yangi pog‘onaga ko‘tarish, professional futbol musobaqalariga VAR tizimini joriy etishni kengaytirish, hakamlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida tanlab olish mezonlarini isloh etish, yuqori malakali hakamlar va nazoratchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish kabi vazifalar belgilab olindi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 13:48, 16.06.2022.
O'qildi: 1529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.