Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Arsenal" ikki transferni amalga oshishiga ishonchi komil

"Arsenal" ikki transferni amalga oshishiga ishonchi komil

Baho:
+ | -

"Arsenal" "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusni qo‘lga kiritish ustida ishlamoqda.

The Times nashrining yozishicha, London klubining kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonchi ortib bormoqda. Braziliyalik futbolchining o‘zi "Arsenal"ga o‘tmoqchi. Erling Xoland transferidan so‘ng Jezus "Man Siti"ni tark etishga qaror qildi.

"Kanonirlar" tomonidan qilingan birinchi taklifning hajmi 30 million funt edi. Endi "Arsenal" o‘z taklifini oshirib, uni "Man Siti" hujumchi uchun so‘ragan 50 million funtga yaqinlashtirishi kutilmoqda.

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta uchun Jezusning transferi yozdagi ustuvor vazifalardan biriga aylandi. Ular bir-birlarini yaxshi bilishadi. Hujumchiga “Tottenxem” va “Chelsi” klublari ham taklif bilan chiqishgan.

Bundan tashqari, "Arsenal" "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni klubga o‘tishga ko‘ndira olishiga ishonchi komil.

Kiritildi: 16:02, 16.06.2022.
O'qildi: 3457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик