Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»ni tanlamasa ham, e’tirof etiladi

«Real»ni tanlamasa ham, e’tirof etiladi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi va 1991 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jan-Pyer Papen «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblaydi.

«Mbappe har doim o‘z ustida ishlaydi, yildan-yilga kuchaydi va mening fikrimcha, u bugungi kunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi», - deydi Papen.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli Mbappe 2022 yilning may oyida «PSJ» bilan yangi uch yillik shartnoma imzolagan edi.

Uning avvalgi shartnomasi 2021/2022 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetgan va futbolchi faoliyatini «Real Madrid»da davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq bunday bo‘lmadi.

Kiritildi: 22:09, 16.06.2022.
O'qildi: 5860 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.