Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Barselona" tarixidagi eng yaxshi 5 ta braziliyalik

"Barselona" tarixidagi eng yaxshi 5 ta braziliyalik

Baho:
+ | -

"Barselona" va Braziliya terma jamoasini o‘xshash jihatlari juda ko‘p va ikkalasi ham chiroyli futbolni yoqtirishadi. Shu bois Kataloniya klubida ko‘plab braziliyalik futbolchilar to‘p surishgan. Dani Alveshning "Barselona"ni tark etishi, bizga "ko‘k-anorranglilar" tarkibida to‘p surgan afsonaviy braziliyaliklarning reytingini tuzishimizga sabab bo‘la oladi.  

5-o‘rin: Ronaldo
Jamoadagi yillari: 1996-1997.
O‘yinlar va gollar: 51 - 47.
Unvonlar: Ispaniya kubogi va Superkubogi, Kubok egalari kubogi.

"So‘yloqtish" "Barselona"da atigi bir mavsum o‘tkazdi, ammo qanday mavsum! 51 o‘yinda 47 gol, shu jumladan Kubok egalari kubogi finalida Parij klubiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish. Chempionatda Ronaldu 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgandi.

Ammo Ronaldo va "Barselona" o‘sha muvsum 90 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kirita olmagan. 

4-o‘rin: Romario
Jamoadagi yillar: 1993-1995 yillar.
O‘yinlar va gollar: 97 - 66.
Unvonlar: ikkita chempionlik va Ispaniya Superkubogi.

 Ronaldodan uch yil oldin, xuddi shu yo‘nalishda (Gollandiyaning "PSV" dan) yana bir braziliyalik Kataloniyaga yetib kelgandi. Romario ziyofatlarni, karnavallarni yaxshi ko‘rardi, yarim kun uxlardi va mashg‘ulotlarni yomon ko‘rardi.

Ammo bu yigitda ajoyib maqsad tuyg‘usi bor edi, u buni "Barselona"da to‘liq amalga oshirdi. Forvard hech qachon Yevropada ildiz otmagan va uning erkinligi Kataloniya poytaxtida taklif qilingan katta puldan qimmatroq bo‘lib chiqdi - atigi bir yarim mavsumdan keyin u vataniga jo‘nab ketdi.

3-o‘rin: Neymar
Jamoadagi yillari: 2013-2017.
O‘yinlar va gollar: 186 - 105.
Unvonlar: ikkita chempionat, uchta kubok, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati.

Neymar jahon futboli "Olimpusi"da Messi va Krishtianuning vorisi va iqtidorli yulduz maqomida "Barselona"ga ko‘chib o‘tdi.

U klubda yanada mashhur bo‘ldi: Neymar - Messi - Suares triosi dunyodagi eng yaxshilaridan biriga aylandi. 

2-o‘rin: Rivaldo
Jamoadagi yillari: 1997-2002.
O‘yinlar va gollar: 235 -130.
Unvonlar: ikki chempionlik, Ispaniya kubogi, UYEFA Superkubogi.

"Barselona"dagi dastlabki ikki mavsum Rivaldoni ikki karra Ispaniya chempioniga aylantirdi, ammo keyin Kataloniya klubida og‘ir damlar boshlandi.

Rivaldo "Barselona"ning oyoqqa turishiga yordam berdi, ba’zida o‘yinlarni yolg‘iz o‘zi hal qildi. O‘sha Rivaldoning qo‘lidan barcha ish kelardi. 

1-o‘rin: Ronaldinyo
Jamoadagi yillari: 2003-2008.
O‘yinlar va gollar: 214 - 94.
Unvonlar: ikkita chempionlik, ikkita Ispaniya Superkubogi, Chempionlar ligasi.

Rivaldo ketganidan so‘ng ko‘p o‘tmay, Frank Raykard boshchiligidagi "Barselona" Yevropa futbolida yetakchilik maqomini tiklay boshladi. Va o‘sha buyuk jamoaning asosiy ijodkorlaridan biri Ronaldinyo edi.

“Barselona” futbolchisi sifatida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi va bir marta “Santyago Bernabeu”dagi dubldan so‘ng jilmayib turgan braziliyalik “Real Madrid” muxlislari tomonidan olqishlarga sazovor bo‘ldi! "El-Klasiko" tarixida bunday voqea bir marta yuz bergan.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:05, 17.06.2022.
O'qildi: 5949 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик