Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘zPFL va Futbol hakamlari markazi o‘rtasida ilk shartnoma imzolandi

O‘zPFL va Futbol hakamlari markazi o‘rtasida ilk shartnoma imzolandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi muassisligida tashkil etilgan O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga 15 iyun kuni yangi direktor tayinlangandi. Bugun — 17 iyun sanasida Markaz hamda O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘rtasida Liga musobaqalarida hakamlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shu kunga qadar futbol hakamlari, nazoratchilari hamda VAR mutaxassislarining xizmati uchun haq, shuningdek, ularning yo‘lkira hamda yashash harajatlari O‘zPFL hisobidan qoplanib kelinayotgandi. Endilikda hakamlar faoliyati yagona tuzilmaga birlashtirilganidan kelib chiqib, mazkur masalalar Markaz tomonidan hal etiladi. O‘zPFL esa Liga tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalardagi mazkur harajatlarni shartnoma asosida Markazga o‘tkazib beradi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi esa futbol hakamlarini o‘qitish, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, Markazning tashkiliy-boshqaruv faoliyatini samarali amalga oshirishni ta’minlaydi. Ayni vaqtda mazkur masala O‘FA Ijroiya qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.  

Bundan-buyon nafaqat professional, balki havaskorlar o‘rtasidagi har qanday futbol musobaqalari, o‘rtoqlik uchrashuvlariga futbol hakamlarini jalb qilish Markaz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:28, 17.06.2022.
O'qildi: 1467 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.