Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Keraksizlar yulduzlar yoxud yozda jamoasini erkin agent maqomida tark etadigan futbolchilar (2-qism)

Keraksizlar yulduzlar yoxud yozda jamoasini erkin agent maqomida tark etadigan futbolchilar (2-qism)

Baho:
+ | -

Yoz boshlanishi bilan erkin agent maqomidagi futbolchilar haqidagi ma’lumotlar tarqaladi. Shu sabab bugun biz shu oy yakunida klubini tark etadigan futbolchilar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Pol Pogba

Pogba “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Shu tariqa uning uchun ham, klub uchun ham barchasi tugadi. Fransuz eng ko‘p tilga olingan erkin agentlardan biri. Mish-mishlarga ko‘ra, unga "Real" va "PSJ" klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, 29 yoshli yarim himoyachiga "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi. Umuman olganda, futbolchining Turin klubiga qaytishi ajoyib bo‘lar edi.

Paulo Dibala

Yana bir mashhur erkin agent. "Yuventus"ni tark etgandan so‘ng darhol Dibalaga da’vogarlar paydo bo‘ldi. Futbolchining yuqori talablari tufayli xaridorlar asta-sekin kamayib keta boshladi. Aynan maosh sababli, "Tottenxem" argentinalikni jamoasiga taklif etaslikka qaror qildi. Ayni damda 28 yoshli hujumchiga asosiy davogar "Inter" bo‘lib turibdi. Bir qancha manbalarning xabariga ko‘ra, tomonlar shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Argentinalik futbolchining oldida varinatlar ko‘p edi, ammo u "Yuventus"ning asosiy raqibi safiga o‘tishni istamoqda.  

Kristian Eriksen

Yevropa chempionatidan so‘ng Eriksenning faoliyati deyarli yakuniga yetgandek ko‘rindi. Ammo daniyalik yuragi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa-da, futbolni tark etmadi. U qishda “Brentford” bilan yarim yillik shartnoma imzoladi. Kelishuv yakunlangach, “asalarilar” Kristianni saqlab qolishni istashini bildirdi va uni klubdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirishga tayyor ekanligini aytdi. Futbolchi ham ushbu variantni ko‘rib chiqmoqda. Ammo OAV xabariga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachiga "Tottenxem", "Everton" va "Manchester Yunayted"dan ham takliflar bor. Eriksen avvalroq Chempionlar ligasida o‘ynash istagini bildirgan edi, shuning uchun London klubiga qaytish varianti juda realdek ko‘rinmoqda.

Jessi Lingard

Lingard ham xuddi Pogba kabi so‘nggi yillarda “MYU” uchun haqiqiy yuk bo‘ldi. Natijada, "qizil iblislar" tarbiyalanuvchisi klubni erkin agent maqomida tark etishga qaror qildi. 29 yoshli yarim himoyachiga asosiy davogarlardan biri "Vest Xem" hisoblanadi. Shuningdek, qiziqish bildirayotgan klublar orasida "Nyukasl", "Yuventus", "Milan" va "Roma" ham bor. Futbolchida faoliyatini davom ettirish uchun imkoniyatlar yetarli. Asosiysi, vaqtni zahirada o‘tkazmaslik uchun to‘g‘ri tanlov qilish kerak.

Andrea Belotti

“Torino” sardori uzoq vaqt beri klubini o‘zgartirmoqchi ekanligini aytib kelgan. Natijada shu yil italiyalik erkin agent bo‘lib, Turinni tark etadi. Shu bilan birga, uning faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha aniq emas. Oldinroq A Seriyaning top-klublari futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi aytilgan edi. Biroq, hozirda 28 yoshli hujumchiga davogarlar ro‘yxati oddiyroq: "Atalanta", "Fiorentina", "Monako" va "Monsa".

Anxel Di Mariya

Di Mariya 2015 yildan buyon “PSJ”da o‘ynab kelmoqda. Tomonlar shartnomani bir necha bor uzaytirishga harakat qildi, ammo yakunda parijliklar futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish fikridan voz kechdi. Shunday qilib, Anxel erkin agentga aylandi. 34 yoshli vingerga yaqinda “Yuventus” qiziqish bildirayotgani aytildi. Biroq tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yakunlanmagan. Argentinalik futbolchini “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar ham bor edi. Ammo bu ham amalga oshmadi. Di Mariya jahon chempionatiga chiqish uchun yuqori formada bo‘lib turishi kerak. Lekin karyerasini qayerda davom ettirishi hozircha noma’lum.

Edinson Kavani

Kavani Krishtianu Ronalduning transferi tufayli "Manchester Yunayted"ni tark etishi kerakligini tan oldi. U qishda ketishi mumkin edi, ammo amalga oshmadi. Futbolchi faoliyatini davom ettirishi uchun ko‘plab variantlar bor. OAV xabariga ko‘ra, 35 yoshli hujumchiga "Boka Xuniors", "Sevilya", "Atletiko Madrid", "Vilyarreal" va "Real Sosyedad" klublari qiziqish bildirmoqda. Balki Kavani faoliyatidagi so‘nggi shartnomani imzolaydi, shuning uchun yangi klub tanlashga mas’uliyat bilan yondashish kerak.

 

 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:49, 18.06.2022.
O'qildi: 6352 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz