Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Andrey Shipilov: «Bosh murabbiy sifatida javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman, ammo professional futbolchilar o‘z ishlariga bunday yondashmasliklari lozim»

Andrey Shipilov: «Bosh murabbiy sifatida javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman, ammo professional futbolchilar o‘z ishlariga bunday yondashmasliklari lozim»

Baho:
+ | -

Superliga 12-turi doirasidagi «Dinamo» — «Surxon» (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

— O‘yin borasidagi fikringiz?
— Dastlabki daqiqalardayoq noo‘rin golni o‘tkazib yubordik. Shunga qaramay, tezda o‘zimizga keldik, mashg‘ulotlarda ishlangan usulda gol urib, hisobni tenglashtirdik. Birinchi bo‘limni ancha yorqin o‘tkazdik. Qanotlar ham yaxshi ishladi.

Tanaffusda yigitlarga shu darajani pasaytirmay, davom etish kerakligini uqtirgandim. Ammo, sen urmasang, senga urishadi... O‘tgan turda AGMKga qarshi o‘yindagidek Shokir Yo‘ldoshev golli vaziyatidan foydalana olmadi, keyin esa himoyada qo‘pol xato va penalti. Zaxiradan maydonga tushirilgan o‘yinchilar evaziga o‘yinni o‘zgartirishga intildik, biroq aksincha vaziyat yanada yomonlashdi. FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan uch haftalik tanaffusda ikkita nazorat o‘yini o‘tkazib, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik aslida, bilmadim...

— O‘yindan keyin futbolchilar bilan gaplashib olishga ulgurdingizmi?
— Gaplashib oldik. O‘yin oldidan nima haqida gapirgan va nimadan ogohlantirgan bo‘lsam, o‘sha xatolarga yo‘l qo‘ydik. Darvozabonimizni ham bugungi o‘yinda tanimadim. Raqib o‘z o‘yinini ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda deyarli o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Nimaga bunday bo‘ldi, bilmadim. O‘zgarishlar ham o‘yinimizni kuchaytirmadi. Hisob 1:1 bo‘lganida o‘z vaziyatlarimizdan foydalanish kerak edi. Futbolda xatolar kechirilmaydi.

Hozirgi holat o‘zim uchun ham juda noqulay. Agar o‘tgan 3-4 haftada qo‘lni qovushtirib o‘tirgan bo‘lsak alam qilmasdi, ammo biz tinim bilmay tayyorgarlik ko‘rdik, nazorat bahslari o‘tkazdik. Bu o‘yinga katta ishtiyoq bilan jangovar ruhda tayyorgarlik ko‘rgan edik.

Bosh murabbiy sifatida barcha javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Ammo professional futbolchilar o‘z ishlariga bu tarzda yondashmasliklari lozim. Demak, men ularga yaxshi yetkaza olmagandirman. Aslida esa takrorlayman, o‘yinga jiddiy yondashib, puxta tayyorgarlik ko‘rgan edik.

— Birinchi davra yakuniga qadar «Qo‘qon-1912» va «Nasaf»ga qarshi safardagi bahslar kutmoqda. Vaziyatni o‘zgartirishga qanchalik ishonayapsiz?
— Tayyorgarlik ko‘ramiz, futbolchilar ruhiyatini ko‘tarishga intilamiz. Ammo bu bahslarda ham natija ko‘rsata olmasak, «Dinamo»dek jamoaning turnir jadvalida bunday ahvolga bo‘lishiga jim qarab tura olmayman. Birinchi davra yakunigacha vaziyatni o‘zgartira olmasak, rahbariyat bilan gaplashib olaman. Yaxshisi, ishni mendan ko‘ra yaxshiroq bajara oladigan odam kelgani ma’qul.

— Bugungi mag‘lubiyatdan keyin rahbariyatdan iste’fo so‘radingizmi?
— Yo‘q, hozircha so‘raganim yo‘q. Hammasi rahbariyatga bog‘liq. Keyingi ikki o‘yindan keyin rahbariyat bir qarorga kelsa kerak. Shunchaki menga jamoani bu ahvolda ko‘rish og‘ir. Biz qo‘ldan kelgancha harakat qilib, vaziyatdan chiqib ketishga intilayapmiz.

— Penaltilar bo‘yicha e’tirozingiz bormi?
— E’tirozim yo‘q, o‘zimiz bolalarcha xatoga yo‘l qo‘ydik. Professional o‘yinchilar bunday xatoga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Hisob 1:1 bo‘lganda raqibga bosim o‘tkazib, natijaga erishishimiz lozim edi.

Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 05:05, 19.06.2022.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик