Londonning "Chelsi" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterlingga qiziqish bildirmoqda va 27 yoshli futbolchi uchun 25 million yevro + bonuslar taklif qildi.
“Shaharliklar” uning transferi uchun 55-60 million yevro olishni istashdi va bu taklifni rad etishdi.
Shuningdek, “Manchester Siti” hujumchi Gabriel Jezus bilan xayrlashishga tayyor va transfer uchun 40-50 million olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, manchesterliklar ikki futbolchi transferi uchun 100-110 million yevro olmoqchi.