Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Superkompyuter jamoalarning YECHLda g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi

Superkompyuter jamoalarning YECHLda g‘alaba qozonish imkoniyatini baholadi

Baho:
+ | -1

Yevropa Chempionlar Ligasining 2025/26-yilgi mavsumida 1/4 final bahslari yakunlanib, yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘lgach, Opta Analyst tahliliy markazi turnir g‘olibligi uchun imkoniyatlarni qayta hisoblab chiqdi.

Superkompyuter taxminlariga ko‘ra, ayni damda bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar sifatida Angliyaning “Arsenal” jamoasi ko‘rilmoqda. Londonliklarning chempionlik imkoniyati 38,6 foizga baholangan. Kuchli uchlikdan esa Myunxenning “Bavariya” (33,3 foiz) hamda “PSJ” (19,1 foiz) jamoalari joy olgan. Yarim finalning eng autsayder jamoasi sifatida Madridning “Atletiko” klubi qayd etildi — 9 foiz.

Opta talqiniga ko‘ra imkoniyatlar (16 aprel holatiga):

“Arsenal” (Angliya) — 38,6 foiz;
“Bavariya” (Germaniya) — 33,3 foiz;
“PSJ” (Fransiya) — 19,1 foiz;
“Atletiko” (Ispaniya) — 9 foiz.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning yarim final bosqichida “PSJ” - “Bavariya” hamda “Atletiko” - “Arsenal” juftliklari o‘zaro bahs olib boradi. Dastlabki uchrashuvlar 28 va 29 aprel kunlari bo‘lib o‘tsa, javob o‘yinlari 5–6 may sanalariga belgilangan. Joriy mavsumning final uchrashuvi 30 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:11, 16.04.2026.
O'qildi: 4556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик