Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya 4-3 Real Madrid
15/04 23:59 Arsenal 0-0 Sporting
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Sneyder Kamavingani «ahmoq» deb atadi

Sneyder Kamavingani «ahmoq» deb atadi

Baho:
+ | -1

«Real»ning sobiq futbolchisi Uesli Sneyder Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsida «Bavariya»ga qarshi o‘yinda (3:4) maydondan chetlatilgan Eduardo Kamavingani qattiq tanqid qildi.

«Kamavinga — ahmoq. Bilasizmi, «Real» futbolchilari yakuniy hushtaqdan keyin nima qilishlari kerak edi? Ular kiyinish xonasiga kirib, barcha noroziliklarini uning yuziga aytishlari va bor g‘azablarini unga sochishlari kerak edi», — deya Sneyderning so‘zlarini CNA nashri keltirmoqda.

Kamavinga chetlatilganidan so‘ng, Madrid klubi ikkita gol o‘tkazib yubordi va mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, jamoa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.

Sneyderning fikricha, aynan futbolchining bunday mas’uliyatsizligi va intizomsizligi «Real»ning turnirdagi ishtirokini barvaqt yakunlashiga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 05:14, 16.04.2026.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик