Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" Jezus uchun kurashga qo‘shildi

"Tottenxem" Jezus uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezusga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Mirror.

Manbaga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi hujumchi transferi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilgan, biroq Antonio Konte tashabbusi bilan "shporlar" ham braziliyalik uchun kurashga qo‘shilgan. Transfer potensial xaridorga 50 million yevroga tushishi mumkin.

Braziliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda barcha turnirlar doirasida 41 o‘yinda 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jezusning "Manchester Siti" bilan shartnomasi keyingi mavsum oxirida yakuniga yetadi.

Transfermarkt forvardning hozirgi narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:14, 20.06.2022.
O'qildi: 853 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.