Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

U-23 Osiyo chempionatining eng qimmat terma jamoalari e’lon qilindi

U-23 Osiyo chempionatining eng qimmat terma jamoalari e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Kecha, 19 iyun kuni O‘zbekistonda o‘z yakuniga yetgan U-23 Osiyo chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi. Transfermarkt portali turnirda ishtirok etgan jamoalardagi futbolchilarning umumiy narxlarini hisoblab, ularning jami summasini ma;lum qildi.

Ushbu reytingda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi yaqqol yetakchilik qilmoqda. Koreyslarning tarkibi 15,9 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rinni Yaponiya yoshlari egallagan. Yaponiya tarkibida harakat qilgan futbolchilarning umumiy narxi 6,5 million yevroni tashkil etgan. Kuchli uchlikka musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan Saudiya Arabistoni U-23 termasi yakun yasab bergan. Saudiyalik futbolchilarning taxminiy qiymati 6,1 million yevro etib belgilangan. Osiyo chempionatida finalgacha yetib borgan O‘zbekiston U-23 terma jamoasi esa 4,9 million yevroga baholanib, ushbu reytingda 5-o‘rinni egallagan.

Osiyo chempionatining qimmat tarkibga ega jamoalari bilan tanishing:

Janubiy Koreya — 15,9 million yevro;

Yaponiya — 6,5 mln yevro;

Saudiya Arabistoni — 6,1 mln yevro;

Avstraliya — 5,8 mln yevro;

O‘zbekiston — 4,9 mln yevro;

Eron — 4,7 mln yevro;

BAA — 4,6 mln yevro;

Tojikiston — 3,7 mln yevro;

Qatar — 3,5 mln yevro;

Tailand — 3,2 mln yevro.

Kiritildi: 16:48, 20.06.2022.
O'qildi: 2690 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик