Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya 0-2 Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn 2-2 Indoneziya
10/10 21:00 Qatar 3-1 Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon 4-0 Kuvayt
10/10 21:00 BAA 1-1 KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Dunyoning eng qimmat 10 ta «Golden Boy»larini bilasizmi?

Dunyoning eng qimmat 10 ta «Golden Boy»larini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Futbol rivojlangani sari o‘yinchilar ham nisbatan tezroq voyaga yetib bormoqda. Bugun biz 18 ga to‘lib-to‘lmagan ko‘plab yulduz nomlarni taniymiz. Quyida «Transfermarkt» portali tomonidan eng yuqori baholangan yosh futbolchilarni sanab o‘tmoqchimiz.

10. Yugo Ekitike

Yoshi:19
Pozisiyasi: hujumchi
Klub: «Reyms»
Millati: fransuz
Narxi: 25 million funt

Ha, ko‘rib turganingizdek «Nyukasl» qimmatligi borasida dunyoda 10 o‘rinda turuvchi bolakayni o‘ziniki qilmoqchi. Ortda qolgan mavsumda Yevropa bo‘ylab hech bir o‘spirin Ekitikedan ko‘ra ko‘p gol urmagan edi.

9. Jovanni Reyna


Yoshi:19
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Klub: «BVB»
Millati: amerikalik
Narxi: 31 million funt

Sobiq «Manchester Siti» yulduzining og‘li yaqin orada omma e’tiboriga tushgandi. Unga «shaharliklar» qiziqish bildira boshlagan. Erling Xolandni otasi ham bir paytlar «Siti» sharafini himoya qilgan. Kim biladi deysiz, balki bir kun kelib, o‘g‘illar ham «Manchester Siti»da birlashar. Ha, buni inkor etib bo‘lmaydi.

8. Yeremi Pino


Yoshi: 19
Pozisiyasi: vinger
Klubi: «Vilyarreal»
Millati: ispan
Narxi: 36 million funt

2021 yilning Yevropa Ligasi finalida «MYU»ga qarshi maydonda Yeremi Pino ham bo‘ladi. U bu orqali Yevrokuboklarda qatnashgan eng yosh futbolchiga aylangandi. Bugunga kelib, Pino Ispaniya va Yevropaning yorqin kelajagi sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda. «Vilyarreal»ga esa uni saqlab qolish oson bo‘lmaydi.

7. Eduardo Kamavinga


Yoshi: 19
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Klubi: «Real»
Millati: fransuz
Narxi: 50 million funt

Kamavinganing shu yoshida «Real» safida harakat qilayotgani, sizga uning darajasidan darak beradi. 19 yoshida YECHL g‘olibiga aylangan futbolchi, tez orada Fransiya terma jamoasida Pol Pogbaning o‘rniga ega chiqadi.

6. Ansu Fati

Yoshi: 19
Pozisiyasi: hujumchi
Klubi: «Barselona»
Millati: ispan
Narxi: 52 million funt

Yana bir ispan iste’dodi 19 yoshda bo‘lishiga qaramay, «Kamp Nou»da 16 yoshidan beri doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib kelmoqda. «Barselona» tarixidagi ikkinchi eng yosh futbolchi, hozirga qadar jamoa safida 58 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Ammo so‘nggi paytda uni jarohatlar qiynab qo‘ygandi.

5. Gavi


Yoshi: 17
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Klubi: «Barselona»
Millati: ispan
Narxi: 54 million funt

Gavi «Barselona»ning yana bir javohiridir. U ushbu ro‘yxatdagi o‘yinchilar ichida eng yoshi ham sanaladi. Allaqachon Ispaniya terma jamoasi safida harakat qilayotgan futbolchining kelajagi yorqin deb qaraladi.

4. Jamal Musiala

Yoshi: 19
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Klubi: «Bavariya»
Millati: nemis
Narxi: 58 million funt

Musiala «Bavariya»dagi so‘nggi 12 oyni ajoyib o‘tkazdi. Yosh futbolchi 30 ta o‘yinda 5 ta hamda 5 ta assistga mualliflik qilgandi. 16 yoshida «Chelsi» akademiyasini tark etgan talant, Germaniyadan qo‘nim topadi. Musiala shuningdek, Angliyadan ko‘ra, Germaniya terma jamoasi a’zoligini ma’qul ko‘rgandi.

3. Florian Virts


Yoshi: 19
Pozisiyasi
Klubi: «Bayer Leverkuzen»
Millati: nemis
Narxi: 63 million funt

Aql bovar qilmas futbolchi! «Kyoln»dan arzimagan mablag‘ga sotib olingan futbolchi «Bayer Leverkuzen» tarixidagi eng yaxshi xaridga aylandi. Virts «Die Werkself» safida hozirga qadar 78 ta o‘yinda 22 ta assistga mualliflik qilgan.

2. Pedri


Yoshi: 19
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Klubi: «Barselona»
Millati: ispan
Narxi: 72 million funt

Gavi bilan birgalikda Pedri yangi Xavi-Inyesta erasini boshlab berayotgan bo‘lishi mumkin. Pedri o‘z tengqurlari ichida ajralib turadi. Yarim himoyachi allaqachon terma jamoada 12 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdi.

1. Jud Bellingem

Yoshi: 18
Pozisiyasi: yarim himoyachi
Klubi: «BVB»
Millati: ingliz*
Narxi: 75 million funt

Ro‘yxatning yetakchisi Angliya termasi a’zosi Bellingemdir. Biz bugun sobiq «Birmingem Siti» a’zosining qanday darajaga chiqqanini juda yaxshi bilamiz. 18 yoshli futbolchi yaqin orada yangi jamoaga yo‘l olsa kerak. Bellingem 15 marta Angliya termasida harakat qilishga ulgurgan.

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com

инглиз* — футболчиларнинг миллати, уларнинг фуқаролиги бўйича акс эттирилган

Kiritildi: 21:54, 20.06.2022.
O'qildi: 5934 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.