Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Saad ash-SHehriy: «O‘zbekiston ba’zi vaziyatlarda bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi»

Saad ash-SHehriy: «O‘zbekiston ba’zi vaziyatlarda bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi»

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Saad ash-SHehriy O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ushbu yosh toifasida Saudiya Arabistoni ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, mamlakatimiz futbol tarixida barcha yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida g‘olib chiqdik. Bu biz uchun muhim ahamiyatga ega.

Ushbu futbolchilar 2018 yilda bo‘lib o‘tgan U19 Osiyo chempionatida g‘olib chiqishgan edi. Ular bilan birgalikda ishni davom ettirib, yana bir sovrinni qo‘lga kiritdik.

Final bahsiga to‘xtaladigan bo‘lsam, O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining o‘yin uslubi bilan ba’zi vaziyatlarda bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ammo biz birinchi bo‘lib gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Shundan so‘ng ikkinchi golni raqib darvozasiga joyladik.

Ushbu avlod futbolchilari bilan ajoyib davrlarni boshdan kechirdim. Endi e’tiborni keyingi musobaqalarga qaratamiz. Asosiy maqsadimiz esa Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish", — dedi Saad ash-SHehri.

Kiritildi: 10:10, 21.06.2022.
O'qildi: 3249 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик