Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Xuan Mata «Manchester Yunayted» muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerakligini aytdi

Xuan Mata «Manchester Yunayted» muvaffaqiyatga erishish uchun nimalar qilish kerakligini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata jamoa muvaffaqiyatli yo‘lga qaytish uchun qanday o‘zgarishlarga qo‘l urishi kerakligi haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "MYU" o‘tgan mavsumda APLda 6-o‘rinni egalladi.

«Manchester Yunayted» o‘zining o‘yin madaniyatini o‘zgartirishi kerak. Jamoaga yaqin bo‘lgan istalgan odamdan so‘rasangiz, xuddi shunday fikrni aytadi.

Klubda ishlayotgan har bir xodim «Manchester Yunayted»ning bir bo‘lagi bo‘lish nima ekanini yaxshi tushunish lozim. Hozirgi kunda klubdagi ko‘p narsalar yuqori standartlarga javob bermaydi.

«Liverpul» va «Manchester Siti» klublarining g‘alabalarini ko‘rish — men uchun og‘ir. «Manchester Yunayted» nafaqat sovrinlarga yaqinlasha olmayapti, balki bizning prinsipial raqiblarimiz amalga oshirayotgan ishlar meni xafa qilmoqda. Bu ikki karra zarba beradi.

«Manchester Yunayted»ga klubning barcha faoliyatida eng yuqori sifatli mutaxassislar kerak. «Manchester Yunayted» har jihatdan — maydonda ham, maydonda tashqarisida eng zo‘ri bo‘lishi kerak. Men «Manchester Yunayted»ni shunday tasavvur qilaman», - dedi Mata "The Athletic" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Xuan Mata erkin agent sifatida «Old Trafford»ni tark etdi.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 10:57, 21.06.2022.
O'qildi: 2710 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик