Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL debyutanti "Liverpul" futbolchisi uchun 13 million yevro taklif qildi

APL debyutanti "Liverpul" futbolchisi uchun 13 million yevro taklif qildi

Baho:
+ | -

Londonning "Fulxem" klubi o‘tgan mavsumni ijara asosida o‘tkazgan Neko Uilyams uchun "Liverpul"ga 13 million yevro taklif qildi. Bu haqda jurnalist Nil Jons xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Uilyamsga "Nottingem Forest" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Fulxem" uelslik futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanadi. Bosh murabbiy Marko Silva kelasi mavsumda Uilyamsni jamoasida ko‘rmoqchi.

Uilyams “Liverpul” safida Angliya Premyer-ligasida 10 dan ortiq o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Mersisayd klubi futbolchiga o‘yin vaqtini kafolatlay olmasligini tushunadi, shuning uchun rahbariyat uning ketishiga ruxsat beradi.

Kiritildi: 17:36, 21.06.2022.
O'qildi: 2177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик