Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Luisma Ernandes: «Bugungi o‘yindan mamnunman»

Luisma Ernandes: «Bugungi o‘yindan mamnunman»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Coca Cola Superligacining 12-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Metallurg” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida bekobodliklar  bosh murabbiyi Luisma Ernandes ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Ispaniyalik mutaxassis odatdagidek  o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.  

— Albatta, muxlislarga to‘la stadionda o‘ynash biz uchun biroz qiyin bo‘ldi. Lekin, biz bu bahsga juda kuchli tayyorgarlik ko‘rgandik. Himoyada ham ishonchli o‘yin ko‘rsatishga bel bog‘lagandik. O‘ylashimcha, uchrashuv juda yaxshi o‘tdi. Shogirdlarimning namoyish etgan o‘yinlaridan mamnunman.

— Sizningcha, bugungi durang natija jamoangiz uchun g‘alabaga teng bo‘ldimi?
— O‘ylashimcha, mazkur o‘yin muvozanat ostida o‘tdi. To‘g‘ri, to‘p nazorati va imkoniyatlar yaratish bo‘yicha “Navbahor” ustunlikka erishdi. Himoyada zich o‘yin ko‘rsatdik. Fikrimcha, ikkala jamoa ham teng o‘yin ko‘rsatdi.

— Natijadan qoniqdingizmi?
— Bugungi o‘yindan mamnunman. Bizda bir necha imkoniyatlar ham yuzaga keldi. Ammo gol ura olmadik. Natijaga keladigan bo‘lsak, ko‘nglim to‘ldi.

— “Metallurg” tarkibida bugun eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan biri bu darvozabon Akmal Ortiqov bo‘ldi. U asli namanganlik hisoblanadi. Bu Akmalga mazkur bahsda qo‘shimcha ishtiyoq berdi, deb o‘ylaysizmi? Umuman, o‘yinga darvozabon tanlash jarayoni qanday bo‘ldi?
— Akmal bilan bir yildan beri birga faoliyat yuritmoqdamiz. Bugun uning o‘yinidan qoniqdim. Ushbu uchrashuvda maydonga tushish navbati Akmal Ortiqovga kelgandi. Aynan shuning uchun ham uni asosiy tarkibda maydonga tushirdim.

— Ikkinchi davra oldidan qaysi pozisiyalarni kuchaytirmoqchisiz?
— Yil boshida tuzilgan shartnomamda legioner olmaslik borasida band bor. Shu sabab ham, shu paytgacha faqat mahalliy futbolchilar bilan ishlab keldik. Birinchi davradan so‘ng tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo‘shilishi ehtimoli bor. Xabaringiz bor, “Metallurg” klubida “Real Madrid” fondi qoshidagi akademiya ham faoliyat yuritadi. Kelajakda aynan shu akademiya bilan hamkorlik qilib, o‘zbek futboliga yaxshi o‘yinchilar yetkazib berish niyatimiz bor.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:13, 22.06.2022.
O'qildi: 1037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик