Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas - Liverpul
05/10 17:00 Espanyol - Malyorka
05/10 18:00 Udineze - Lechche
05/10 19:00 Arsenal - Sautgempton
05/10 19:00 Brentford - Vulverhempton
05/10 19:00 Lester - Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem - Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti - Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

«Portu» o‘z «fabrika»sidan qancha ishlab olganini bilasizmi?

«Portu» o‘z «fabrika»sidan qancha ishlab olganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

«Portu» futbolchilar sotuvidan 1,3 milliard yevro ishlab oldi. Militao, Xalk va Falkao eng qimmat transferlardir.

Quyida ushbu qimmatbaho futbolchilarga e’tibor qaratamiz.

Darvozabon

Vitor Bayya («Barselona», 6,5 mln yevro)

«Ajdarlar» bungacha hech qachon darvozabonlarni boshqa klubga katta pulga sotmagan. Ammo Vitor Bayya darvozabonlar sotuvi bo‘yicha rekordchi bo‘lib qolmoqda. Ispaniyada u deyarli maydonga tushmadi, bazada bor-yo‘g‘i bir mavsumni o‘tkazdi. Ammo u chempionlik, mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, mashg‘ulotlarda yosh Ronalduni ko‘rdi, Mourinyo bilan uchrashdi. Keyin esa «Portu»ga qaytib, Joze bilan UYEFA kubogi va Chempionlar ligasida zafar quchdi.

Himoyachilar

Danilo («Real Madrid», 31,5 mln yevro)

U yangi klubida o‘ynamagan futbolchilar orasida ikkinchi o‘rinda turibdi. Danilo «Real Madrid»da asosiy o‘yinchiga aylanmadi, Karvaxalga raqobatchi bo‘la olmadi, lekin bir nechta qimmatbaho kuboklarni qo‘lga kiritdi va «Yuventus»ga yetib keldi. Garchi o‘ng qanotda faxriy futbolchi - Kuadrado bo‘lsada, Daniloni uslubi bo‘yicha A Seriyaning murakkab futbolchilari qatoriga qo‘shish mumkin. O‘ttiz yoshli braziliyalik hali katta futboldagi so‘nggi so‘zini aytgani yo‘q.

Eder Militao («Real Madrid», 50 mln yevro)

U «Portu»ga rekord summada sotilgan, bu «Real Madrid»ning ushbu klubdan olgan eng qimmat transferi bo‘ldi. Pepe uchun jamoa 30 million yevro sarflagan. Klub u bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi, ammo Ederning yorqin harakatlaridan ko‘ra uning zaif o‘yinlari ko‘proq. Shuning uchun Ryudiger bu zonaga taklif etildi. Militao «qirollik klubi» uchun munosib himoyachi, ammo Kurtua uni Varanga to‘liq o‘rinbosar sifatida ko‘rmayapti.

Elyakim Mangalya («Manchester Siti», 45 mln yevro)

Bu manchesterliklar uchun rosmana muvaffaqiyatsiz transfer bo‘lgan. Chunki fransiyalik futbolchiga maydonda deyarli imkoniyat berilmadi. U o‘nlab o‘yinlarni ijarada o‘tkazdi, xususan, muxlislar uni «Valensiya»da ham ko‘rishgan. Mangalya qisqa masofalarda yaxshi o‘ynay oladi. Ayni dam u «Sent-Etyen»da. Allaqachon o‘ttiz bir yoshni qarshi olgan futbolchi afsonaga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy berib bo‘ldi.

Yarim himoyachilar

Fabio Viyeyra («Arsenal», 40 mln yevro)

Viyeyra yaqinda «Arsenal»ga o‘tdi. Arteta uchun yarim himoyaga yangi qon zarur edi. Fabio, xuddi yosh Vitinya singari «Portu»ning chempion bo‘lgan so‘nggi tarkibida mavjud edi. Ular Konseysauning yetishtirgan mevalaridir. Arteta mamnuniyat bilan har ikkala futbolchini ham o‘z jamoasiga qo‘shib olgan bo‘lar edi, lekin bunga jamoaning moliyaviy imkoniyatlari yo‘l qo‘ymadi. Viyeyra 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 6 ta gol urdi. U kuchli pleymeyker bo‘lishi mumkin, lekin hujumda u qadar yaxshi emas. «Kanonirlar» o‘z sxemasida Fabioni qaysi zonada o‘ynata olishi mumkinligini hal qilib olishi kerak.

Anderson («Manchester Yunayted», 31,5 mln yevro)

«Manchester Yunayted» Andersonda yetarlicha tajriba bo‘lmasa ham undan katta summani ayamagan. Anderson faoliyatini «Portu»da davom ettirib yurishi mumkin edi, ammo Fergyuson Ronaldu va Nani transferlaridan so‘ng Portugaliya yulduzlariga ishonch bildira boshladi. Biroq Anderson Serning bu ishonchlarini oqlay olmadi va yildan yilga «Manchester Yunayted»dagi o‘yinlarini yomonlashtirib yubordi.

Xames Rodriges («Monako», 45 million yevro)

Kolumbiyalik futbolchi taxminan Koutinyo va Grizmann darajasida tilga olindi. Bu kabi futbolchilar uchun uzoq vaqt davomida o‘zlarining haqiqiy darajasida qolish qiyin. Har bir insonning o‘z kamchiligi bor, lekin eng yuqori qobiliyat nuqtayi nazaridan Xamesni alohida e’tirof etish kerak. Xames «Real» bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, «Bavariya» bilan Ispaniya va Germaniya chempioni bo‘lgan. Ajoyib hujumkor yarim himoyachi, JCH-2014 yulduzi, ammo o‘ttiz yoshida u super formasini deyarli yo‘qotib bo‘ldi.

Hujumchilar

Xalk («Zenit», 40 million yevro)

Xalk transferi uchun 40 million yevro sarflangan, biroq sankt-peterburgliklarning hisob-kitobiga ko‘ra umuman boshqa summa hisoblab chiqilgan. Ammo qirq millionmi, oltmish millionmi bu «Portu» uchun juda katta summa. «Zenit»da yetarli mojarolar bor edi - Denisov yuqori salohiyatga ega Xalkning maoshiga qarshi chiqqan. Bu uning faoliyatida burilishlarga sabab bo‘ldi, ammo bunday futbolchi Xitoyga ketmasligi kerak edi, Xalkni bemalol top-5 hujumchilar qatoriga kiritsak bo‘ladi.

Falkao («Monako», 40 million yevro)

«Monako»da kolumbiyalik ancha aqlli, sermahsul, kuchli, yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Xuddi «Portu»da bo‘lgani kabi. Ammo «Manchester Yunayted» va «Chelsi»dagi ijaralar unga muvaffaqiyat keltirmadi. Keyin faoliyatiga jiddiy jarohatlar aralashib ketdi, shuning uchun u avval «Galatasaroy»ga, keyin esa «Rayo Valyekano»ga o‘tdi va u yerda bir-ikki gol bilan muxlislarga eski Falkaoni eslatdi.

Luis Dias («Liverpul», 47 million yevro)

Bu yilgi Premyer-ligadagi eng yaxshi qishki transfer shu bo‘lsa kerak va nafaqat Angliya ligasida, umuman Yevropada ham. Luis Dias Chempionlar ligasi finalida g‘alaba qozona olmadi, ammo Klopp uni, Saloh va Nunyes bilan yangi hujum triosi sifatida ko‘rmoqda. Mane «Bavariya»ga ketdi, Firmino va Jota urugvaylik va kolumbiyalik raqiblari bilan raqobatga kirishishga harakat qiladi, ammo bu qiyin bo‘lishi aniq.

Kiritildi: 09:13, 22.06.2022.
O'qildi: 1584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.