Kirish Ro'yxatdan o'tish

Agar "Barselona" Rafinyaning transferi borasida kelisha olmasa, futbolchi London klubiga o‘tmoqchi

Agar "Barselona" Rafinyaning transferi borasida kelisha olmasa, futbolchi London klubiga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

"Lids" futbolchisi Rafinya Dias "Barselona"ga o‘tishi muvaffaqiyatsiz yakunlanadigan bo‘lsa, faoliyatini davom ettirishning ustuvor varianti haqida qaror qabul qildi. Jurnalist Devid Ornshteynning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Londonning “Chelsi” klubiga o‘tmoqchi.

Ayni damda “Barselona” Rafinya uchun zarur bo‘lgan 60 million yevroni to‘lay olmayapti. Futbolchi buni juda yaxshi tushunadi, shuning uchun u qanday holatda "Chelsi"ga o‘tishni o‘zi uchun aniq qaror qildi.

Rafinyaga "Arsenal" va "Tottenxem" ham qiziqish bildirmoqda, ammo braziliyalik futbolchining o‘zi "Chelsi"da sovrinlar uchun kurashda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishiga ishonmoqda. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda APLda 11 ta gol urdi.

Kiritildi: 11:53, 22.06.2022.
O'qildi: 1883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик