Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Futbol tarixidagi g‘alati holatlar haqida

Futbol tarixidagi g‘alati holatlar haqida

Baho:
+ | -

Futbolda hamma narsa bo‘ladi degan gap rost bo‘lsa kerak. Agar ishonmasangiz quyidagi g‘alati holatlarga e’tibor qarating.

Fernando Redondo

Sobiq «Real» hamda «Milan» yarim himoyachisi bo‘lgan Fernando Redondo 1998 yilda g‘alati sababga ko‘ra Argentina bilan Jahon chempionatiga bora olmay qoladi. O‘sha paytdagi Argentina ustozi Daniel Passarelya o‘z jamoasida bir jinsli yoki uzun soch bilan sirg‘a taqadigan o‘yinchilarni ko‘rishni istamaydi. Keyinchalik Redondo bu voqeani shunday eslaydi: «Men o‘shanda yaxshi formada edim. Ammo Passarelya g‘alati qoidalari bilan meni jamoaga kiritmadi. Agar kirishni xohlasam, sochimni oldirib tashlashimni aytdi. Men bunday qilishga hech qanday sabab ko‘rmadim va rad javobini berdim».


Juzeppe Reyna

Futbolchi biror jamoaga o‘tayotganda shartlar aniq qilib kelishib olinadi. Ammo u shart g‘alati bo‘lishi ham mumkin. Masalan, nemis hujumchisi Juzeppe Reyna 1996 yilda «Arminiya» safiga o‘tayotgan paytda klubdan har yili o‘ziga yangi uy qurib berishni so‘raydi. Klub esa bunga ko‘nadi. Ammo Reyna o‘z shartini aytganda klub rahbariga uyning hajmi haqida ma’lumot bermaydi. Shu sabab «Arminiya» futbolchiga uch yil davomida Lego o‘yinchog‘idan uy yasab beradi.

Keysuke Xonda

Yapon afsonasi Honda 2020 yilning yanvarida Braziliyaning «Botafogo» kluboga o‘tadi. Ammo Braziliyaning eng jinoyat urchigan shahri bo‘lmish Rio de Janeyroga ko‘chish Hondada qo‘rquv uyg‘otadi. Shu sabab u o‘zi bitim tuzgan klubidan shartnomaga qurol olib berish shartini ham qo‘shishni talab qiladi. Eng qizig‘i, «Botafogo» bunga rozi bo‘ladi. Ammo Honda Janubiy Amerikada ko‘p qolmadi. 35 yoshli futbolchi ayni damda Litva chempionatida to‘p tepmoqda.

Levandovski

«Borussiya Dortmund» hujumchisi erkin agentga aylanibdi degan gapni eshitgan «Real» hamda «Bavariya» Levandovskiga taklif kiritadi. Polshalik uchun «Bavariya»dan ko‘ra, «Real» katta pul va’da qilgan edi. Unda haftasiga 160 ming funt maosh hamda 10 million funt bonus bor bo‘lgan. Biroq shunga qaramay, Levandovski «Bavariya»ni tanlaydi.

Messi

2021 yilga qaytib, dunyodagi eng kutilmagan va mega transferga guvoh bo‘lamiz. Lionel Messi dunyoni hayratga solib, o‘z sevimli jamoasi bo‘lmish «Barselona»dan «PSJ» safiga yo‘l olgandi. Hech kim o‘ylamagan holda bu narsa sodir bo‘ladi. Messining «PSJ» bilan tuzgan shartnomasida qiziq shartlar mavjud edi. Xususan, unda futbolchining katalon tilida qanday gaplashishi, yangi hayotga qanchalik tez moshlashishi, doping bilan bog‘liq jihatlari bormi yoki yo‘q kabi bandlar bo‘lgan. Shunday bo‘lsada u Parijga ko‘chadi.


Ismatov J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:59, 22.06.2022.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик