Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

«Real» fotografiga oson emas...

«Real» fotografiga oson emas...

Baho:
+ | -

«Real»da bir ajoyib an’ana bor: yangi shartnomalarni klub bisotidagi sovrinlar fonida olingan suratlar vositasida e’lon qiladi.

Biroq jamoa fotografi (suratkashi) yildan-yilga kuboklarni kadrga sig‘dirish masalasida ko‘proq qiynalmoqda. Chunki «Qirollik klubi» muzeyida sovrinlar haddan ziyod ko‘p...

Mana, 36 yoshli Luka Modrich yaqinda «Real» bilan shartnomasi muddatini yana bir yil (2023 yilning yoziga qadar)ga uzaytirdi. Xorvatiyalik yarim himoyachi naq 10 yildan buyon Madrid jamoasida o‘ynamoqda. Xullas, Modrich «Real» safiga mavsum-2012|2013da qo‘shilgan, klub shundan buyon CHLda 5 marta g‘alaba qozondi. Xorvatiyalik futbolchi esa bu davrda o‘rtadagi hamkorlik kelishuvi muddatini 4 marta uzaytirdi.

Shartnomani yangilash vaqti olingan har bir suratda Modrich va Florentino Peresning fotografdan tobora uzoqroqda turishlariga to‘g‘ri kelgan. Chunonchi, suratkash barcha «shalpangquloq» kuboklarni kadrga solishi shart. Modrichning «Real» futbolchisi sifatidagi tanishtiruv marosimidan olingan suratda 1998, 2000 va 2002 yillar yutilgan yangi modeldagi 3ta yevrokubok ko‘rsatilgan. Futbolchi mavsum-2013|2014 yakunida kelishuvni 2018 yilgacha uzaytirganida 10ta «shalpangquloq» oldida suratga tushdi. Yana 4 yildan keyingi suratga esa 1ta kubok qo‘shildi, garchi «Real» bu davrda CHLda 3 marta g‘olib chiqqan bo‘lsada.

2021 yilga kelib, klub muzeyiga yana 2ta kubok qo‘shildi va fotosuratchi barchasini bir kadrga sig‘dirishda qo‘shimcha muammolarga duch keldi. Endi fotografning vazifasi yanada murakkablashdi. Axir «Real» zamonaviy CHLda 8-marta tengsiz ekanligini isbotladi. Bu ketishda «Madrid» yevrokuboklar fonida suratga olish an’anasidan voz kechishi kerakka o‘xshaydi. Yana bir variant bor - kuboklarning ixcham nusxasini tayyorlash.

Ravshan IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:29, 22.06.2022.
O'qildi: 6496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик