Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Yangi xo‘jayin okean ortidan

Yangi xo‘jayin okean ortidan

Baho:
+ | -

Yakunlangan mavsumda 11 yillik tanaffusdan so‘ng Italiya chempionatida g‘olib chiqqan «Milan»da xo‘jayinlar o‘zgaradi. AQSHning RedBird Capital investisiya kompaniyasi so‘nggi yillar davomida «rossonerilar»ga egalik qilgan Elliott Advisors fondi bilan klubni sotib olish bo‘­yicha kelishuvga erishdi. Bitim narxi - 1,2 milliard yevro. Elliott aksiyalarning mioritar paketi hamda direktorlar kengashidagi joyini saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Elliott «Milan» nazoratini 2018 yilda qo‘lga kiritgan, o‘shanda sobiq xo‘jayin, xitoylik biznesmen Yonxon Li fondga olgan qarzini qaytarolmay, «qizil-qoralar»ni bankrotlik yoqasiga olib borib qo‘ygandi. Operasion ziyon 560 million yevroni tashkil etgandi. Iqtisod rejimi «yoqildi», «Milan» bor vositalari evaziga kun kechirib, ortiqcha xarajatlardan qochdi. Shu sababli Janluiji Donnarumma, Hoqon Chalxanoglu va Frank Kessye bilan shartnomalarni uzaytirish imkoni yo‘qoldi. Shunga qaramay, zarar miqdori bosqichma-bosqich kamayib, mavsum-2020|2021da bor-yo‘g‘i 60 million yevroni tashkil etdi.

Biroq Elliott ishlarni tartibga solishdan tashqari, yangi xaridor topishdan umidvor ekanini ham yashirmadi. Aprel oyi oxirida klub Bahraynning yirik investisiya fondi - Investcorp ixtiyoriga o‘tadigandek ko‘ringandi. Xarid summasi 1,1 milliard yevroga baholangan, Yaqin Sharq davlati esa BAA, Qatar va Saudiya Arabistoni singari qo‘shnilari qatori Yevropa klubiga egalik qilishi mumkin edi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, bahraynliklar shu yilning yozida transferlarga 300 million yevro ajratishni rejalashtirishgandi. Biroq yakunda vaziyat o‘zgardi - Elliott va RedBird Capital o‘rtasida kelishuv imzolandi.

«Biz uchun «Milan» shonli tarixining bir qismiga aylanish ulkan sharaf. Jamoa haqli ravishda Italiya, Yevropa va jahon futbolidagi o‘rniga ega bo‘ladigan keyingi davrda muvaffaqiyatga o‘z ulushimizni qo‘shishdan xursandmiz», - deydi RedBird kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchilaridan biri Jerri Kardinale.

Mazkur voqeaning o‘ziga xos ikki jihati e’tiborga molik. Birinchisi - qariyb bir yil avval RedBird Capital «Liverpul»ga egalik qiladigan Fenway Sports Group kompaniyasining 10 foiz aksiyasini sotib olgandi. Ushbu holatda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha savol tug‘ilishi mumkin. Ammo Fenway Sports Group aksiyalari shunchaki, passiv investisiya hisoblanadi. RedBird Angliya klubi boshqaruvida qatnashmaydi, «qizillar» direktorlar kengashida ushbu kompaniyadan vakil yo‘q.

Shunday ekan, UYEFA «Milan» va «Liverpul»ning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki bo‘yicha e’tiroz bildirmasa kerak. Axir Yevropa futbol ittifoqidagilar o‘z vaqtida nisbatan murakkabroq hisoblangan «Leypsig» va «Zalsburg» masalasini ijobiy hal etishgan.

Ikkinchi faktor - Yevropaning yana bir top-klubi AQSH investorlari nazoratiga o‘tdi. «Milan» sotilishidan biroz avval amerikalik biznesmen Tod Boeli rahbarligidagi konsorsium «Chelsi»ni xarid qilgandi. «Liverpul» haqida yuqorida gapirdik. «Manchester Yunayted» Gleyzerlar oilasi nazoratida, «Arsenal»ni Sten Kronke boshqaradi. «Kristal Pelas» va «Bernli»ning bosslari ham amerikalik, okean ortidagi boylar «Lids» hamda «Aston Villa»da yirik aksiyalarga egalik qilishadi.

Italiyaga kelsak, AQSH biznesmenlari nazorati ostidagi klublar - «Roma», «Fiorentina», «Atalanta» (aksiyalarning 55 foizi), «Jenoa», «Parma», «Spesiya», «Venesiya». Fransiyada «Marsel» xuddi shunday maqomda.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 19:53, 22.06.2022.
O'qildi: 2562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик