Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Italyancha «sirpanish»

Italyancha «sirpanish»

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Yevropaning amaldagi chempioni - Italiya milliy jamoasiga nima bo‘ldi o‘zi?

Yevro-2020da g‘alaba nashidasini surib, barchaning olqishiga sazovor bo‘lgan Roberto Manchini boshqaruvidagi «skuadra adzurra» shundan buyon o‘z muxlislarini ranjitish bilan ovora...

Italiya milliy jamoasi Yevropa birinchiligidagi zafardan keyin JCH-2022 saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradiki, shuning o‘zi italyanlar uchun mislsiz a­lam hisoblanadi. Boz ustiga, «skuadra» Qatar mundiali yo‘lida «pley-off» raundining yarim finalida kamtarin Shimoliy Makedoniya termasiga yutqazib qo‘ydi, yana o‘z maydonida. Tushunarliki, mag‘rur italyanlar uchun bunday omadsizlikni hazm qilish oson emas. Endi ma’lum bo‘lyaptiki, bu hali holva ekan. Har holda, Italiya milliy jamoasi omadsiz «sirpanish»da davom etyapti, mag‘lubiyat mag‘lubiyatga ulanmoqda.

Diqqat qiling, «skuadra adzurra» oxirgi 2 oyda o‘z tarafkashlarini naq 4 bora ranjitdi. Eng og‘riqli alam - bu jamoaning Qatar-2022 tomoshabiniga aylangani, albatta. Biroq italiyaliklarning «finalissima» atalmish katta o‘yinda Argentina termasi va YEMLda nemislar oldida hech narsa qilolmaganlari alami ham past emas...

Darvoqe...

Hozirda JCH-2018 chempioni va Yevro-2020 finalchisida ham xuddi Italiya termasi kabi nimalardir sira o‘xshamayapti. Har holda, Fransiya va Angliya termalari oxirgi FIFA kunlarida o‘z muxlislarini kuchli xavotir ostida qoldirdi. Ayniqsa, jahon chempionati starti tobora yaqinlashayotgan pallada bunday holatning yuzaga kelgani xavotir ko‘lamini oshirib yubormoqda. Axir har ikki terma jamoa ayni payt Yevropa Millatlar Ligasida o‘z guruhining yaqqol autsayderi bo‘lib turibdi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:00, 23.06.2022.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик