Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Flik «Barselona» tarkibini kuchaytirishning yangi yo‘lini topdi

Flik «Barselona» tarkibini kuchaytirishning yangi yo‘lini topdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik allaqachon yozgi transfer oynasi uchun rejalar tuzishni boshladi. Nemis mutaxassisi «La Masiya» bitiruvchilarining iqtidoridan hayratda, biroq u jamoada tajriba yetishmayapti deb hisoblaydi.

Sport nashrining xabariga ko‘ra, Flik klub rahbariyatidan kamida bitta o‘rta yoshdagi (26 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan) futbolchini sotib olishni so‘ragan. Murabbiyning fikricha, bunday o‘yinchilar yoshlar va faxriy futbolchilar o‘rtasida muhim bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi.

Yaqinda «Barselona» Chempionlar ligasi 1/4 finalida «Atletiko»ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi. La Ligada esa kataloniyaliklar ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda: mavsum yakuniga atigi yetti tur qolganda ular Madridning «Real» klubini to‘qqiz ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 12:33, 18.04.2026.
O'qildi: 6515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик