Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Surxon” va “Metallurg” mezbonligidagi jami uch uchrashuv 1 soat ertaroq start oladi

“Surxon” va “Metallurg” mezbonligidagi jami uch uchrashuv 1 soat ertaroq start oladi

Baho:
+ | -

Superliga uchrashuvlari vaqtlari “Sport” telekanali bilan hamkorlikda avvaldan ma’lum qilib kelinmoqda. Bellashuvlar, shuningdek, “Dunyo bo‘ylab” telekanali orqali ham jonli namoyish etiladi. 

“Dunyo bo‘ylab” sportga ixtisoslashmagan bo‘lsa-da, MTRK jonli uchrashuvlar sonini ko‘paytirish maqsadida telekanalni ham teletranslyasiyalarga jalb qilgan. Mana shunday holatda O‘zbekiston Professional futbol ligasi ham ayrim jambahalarda telekanal rejalari bilan hisoblashishi to‘g‘ri bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, “Sport” taklif kiritdi va avvalroq e’lon qilingan uch uchrashuv vaqti o‘zgardi. 

26 iyun kuni 11-turning qoldirilgan o‘yini doirasida “Olimpik” Bekobodda mehmon bo‘ladi. 30 iyun kuni esa Bekobodga Toshkentning boshqa bir klubi “Lokomotiv” tashrif buyuradi. Aynan shu ikki uchrashuv 20:00 dan 19:00 ga ko‘chirildi. Shuningdek, o‘z uy uchrashuvlarini endilikda Olmaliqda o‘tkazib kelayotgan “Surxon” 29 iyun kuni “Neftchi”ga qarshi bellashuvni ham 19:00 da boshlaydi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 15:45, 23.06.2022.
O'qildi: 1351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик