Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Balandlikka sakrash. Sa’dullayeva Chexiyada mavsum yetakchilari bilan mardonavor bellashdi va «bronza»ni qo‘lga kiritdi

Balandlikka sakrash. Sa’dullayeva Chexiyada mavsum yetakchilari bilan mardonavor bellashdi va «bronza»ni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Chexiyaning Brno shahrida yengil atletika bo‘yicha «ROČNÍK BRNĚNSKÉ LAŤKY OLYMPIE» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropaning ko‘zga ko‘ringan atletlari bilan g‘oliblik uchun bahs olib borgan hamyurtimiz Safina Sa’dullayeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Balandlikka sakrash dasturida qatnashgan sirdaryolik yurtdoshimiz 1.91 metr balandlikdan o‘tib, uchinchi natijani qayd etdi. E’tiborlisi, unda g‘alaba qozongan ukrainalik Yaroslava Magichux musobaqada 2.03 metrni zabt etib, o‘ziga tegishli bo‘lgan jahon bo‘yicha mavsumning eng yaxshi natijasini 2 smga yaxshiladi. Ikkinchi o‘rin 1.97 metrgacha katta zaxira bilan kelib, qolgan urinishlarda omadsizlikka uchragan boshqa bir ukrain atleti Irina Gerashenkoga nasib etdi.

Sa’dullayeva bahslar davomida dastlab 1.84, so‘ng 1.88 va 1.91 metr balandlikni bir urinishda ortda qoldirdi. Ammo 1.94 metrlik planka Safinaga «bo‘yin egmadi» va sportchimiz bronza medali sohibasiga aylandi. Ahamiyatlisi, bu hamyurtimiz uchun mavsumdagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

«ROČNÍK BRNĚNSKÉ LAŤKY OLYMPIE» turniri
Balandlikka sakrash, ayollar:

1. Yaroslava Magichux (Ukraina) – 2.03 metr
2. Irina Gerashenko (Ukraina) – 1.97
3. Safina Sa’dullayeva (O‘zbekiston) – 1.91

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:26, 23.06.2022.
O'qildi: 2329 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.