Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Diyor Imomxo‘jayev: «Olimpik» g‘oyasi ilgari surilganda unga qarshi ovoz berganman

Diyor Imomxo‘jayev: «Olimpik» g‘oyasi ilgari surilganda unga qarshi ovoz berganman

Baho:
+ | -

Saken Po‘latov de fakto «Olimpik» klubi asoschilaridan hisoblanadi. Endilikda de yure «Olimpik» klubi boshqaruvi ham sport funksionerining qo‘liga o‘tdi. Bir vaqtning o‘zida Po‘latov Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Boks federasiyasida ham rahbarlardan biri hisoblanadi.

Po‘latovlar oilasi avvaldan futbol va futzal muxlislari hisoblanadi. «Lokomotiv» ketma-ket uch bor (2016, 2017, 2018) mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishida ham Saken Po‘latovning xizmati katta.

«Olimpik» tashkil etilishidan asosiy maqsad — Parij-2024 olimpiadasiga yo‘llanma olish. U23 Osiyo chempionatida jamoa potensiali butun O‘zbekistonga ko‘rindi. Jamoadagi prinsip va g‘oyalar chempion «Lokomotiv»nikidan farq qiladi.

«Olimpik» g‘oyasi ilgari surilganda unga qarshi ovoz berganman. Jamoa 2002 yilda sun’iy kuchaytirilgan «Paxtakor»ga o‘xshab qolishi va shu g‘oya oqibatlari yana aylanib kelishini istamaganman.

Temur Kapadze bilan suhbatdagina «Olimpik» «Paxtakor», «Nasaf» yoki boshqa klublardagi asosiy futbolchilarga (Hojimat Erkinov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Diyor Xolmatov, Husayn Norchayev va hokazo) tegmasligi, balki zaxirada qolib ketayotgan iqtidorlarga imkoniyat berish orqali, olimpiya termasida kuchli raqobat hosil qilish niyatida ekanligini tushunganmiz. Aynan shundan kelib chiqib O‘FA prezidenti jamoani Pro ligaga qo‘shish topshirig‘ini bergan va o‘tgan mavsum «Olimpik» o‘z kuchi bilan Coca-cola Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Yaxshi bilasizki, 20 yil avval Kapadze, Nesterov, Jeparov va yana qator futbolchilar sun’iy yig‘ib olingan, bir jamoani kuchaytirish orqali chempionatda intriga o‘lgan, muxlislar tashrifi keskin kamayib ketgan. Qolaversa, biz na jahon chempionatiga chiqdik va na Osiyoni oldik.   

«Olimpik» esa e’tiborda chetda qolayotgan iqtidorlar bilan inqilob qila oldi. Agar o‘sha vaqtda barcha nomzodlar bir jamoaga yig‘ib olinganida, bu qolgan klublarga nisbatan katta nohaqlik bo‘lardi. Har bir klub o‘z mevasidan foydalanish huquqiga ega. «Olimpik» o‘z jamoasida asosiy tarkib uchun potensiali katta futbolchilarga tegmadi va faqatgina e’tibordan chetda qolayotgan nomlar bilan jamoa tuzdi. Umid qilamanki, bu yo‘nalish yaqin kelajakda o‘zini oqlaydi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 19:09, 23.06.2022.
O'qildi: 3045 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.