Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Nikola Lazarevich: «Vaziyatlardan foydalana olmaslik — jamoamizning og‘riqli nuqtasi»

Nikola Lazarevich: «Vaziyatlardan foydalana olmaslik — jamoamizning og‘riqli nuqtasi»

Baho:
+ | -

Superliganing 12-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o‘tdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz.
— Birinchi navbatda "Paxtakor" va Slavche Voyneskini tabriklamoqchiman. Ular g‘alabaga loyiq edilar. Biz bunday o‘yinni kutmagandik. O‘yin boshida yigitlarim harakat qilishdi. Bizda vaziyatlar ham bo‘ldi. Ammo bu jamoamizning asosiy kamchiligi bo‘lib qolmoqda. O‘yin boshida yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik — jamoamizning og‘riqli nuqtasi. Keyin esa o‘zimiz gol o‘tkazib yuboryapmiz. Birinchi bo‘limning boshlarida temp yuqori bo‘ldi. Keyin esa temp biroz tushdi. Ikkinchi bo‘limning oxirlarida esa jismoniy holatimiz sabab biror narsa qila olmadik. "Paxtakor" futbolchilarining jismoniy holatlarini ham e’tirof etish joiz. Oldinga intilishda davom etamiz. Keyingi o‘yinga tayyorlanishni boshlash kerak.

— Ikkita o‘zgarishni amalga oshirganingizdan so‘ng jamoa gol o‘tazib yubordi...
— Albatta, Stanislavlevichni o‘zgartirish avvaldan rejalashtirilgandi. Zoteevda charchoq alomatlari sezilib qoldi va shu sabab uni almashtirdik. Afsuski, gol o‘tkazib yubordik. Gol juda chiroyli bo‘ldi. Ammo bunga o‘zimiz yo‘l qo‘yib berdik.

— "Qizulqum" 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turganida ham 5 ta himoyachi bilan harakat qildi. Shu pallada taktikani o‘zgartirib, hujumga e’tibor qaratish ham mumkin edi...
— Biz taktikani kechroq o‘zgartirdik. Sababi, biz golgacha ikki o‘yinchini o‘zgartirib bo‘lgandik. Ular o‘zlarini zaxiraga olishni so‘rashdi. Jamoaga yangi kuchlar qo‘shilgandan so‘ng taktikani o‘zgartirish haqida o‘yladik.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 10:20, 24.06.2022.
O'qildi: 933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик